Shnek, vintli transportyor
Shnek, vintli transportyor (nemischa §sppeske — chig’anoq, uzluksiz vint) — ish organi uzluksiz vintsimon parrakdan yoki vintsimon sirtida bir necha parrak o’rnatilgan valdan iborat bo’lgan konveyer. Parrak yoki val yopiq kojux ichida aylanadi. Asosan, sochiluvchan, yopishqoq va boshqalar materiallarni yaqin masofaga uzluksiz tashishda ishlatiladi. Shnek tuzilishi va ish organlariga qarab, presslash, tozalash va yuklash uchun mo’ljallangan turlarga bo’linadi. Shnek gorizontal, qiya va tik holatda ishlay oladi.