SHOBURHON OTA MASJIDI
SHOBURHON OTA MASJIDI — Buxoro viloyati (Qorako’l tumani)dagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Maqbara va katta xonaqohli masjid, g’arbdan masjidga tutashgan 2 binodan tashkil topgan. Shimolda go’rxona, Janubda chillaxona bor. Tarzlari peshtoqli, besh ravoqli uzun ayvon bo’lib, yon tomonlariga keyinroq tepasi fonusli qilib minora — guldasta ishlangan. Masjid bezaksiz.