Shodmonov Sulaymon Nurillayevich

Shodmonov Sulaymon Nurillayevich (1938.15.9, Buxoro) — dirijyor, O’zbekiston xalq artisti (2000). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi (1960) hamda operasimfonik dirijyorligi (1975) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. Navoiy teatrida xormeyster (1960-66), bosh xormeyster (1966-80), Leningrad opera va balet teatrida dirijyor-stajer (1980-82), Toshkent operetta teatrida dirijyor (1982-91), Navoiy teatrida bosh xormeyster va dirijyor (1991 yildan). Musiqali teatr sahnasida bir necha operetta (“Bayadera”, I.Kalman; “Gusar uylanishi”, G.Gladkov va boshqalar), o’zbek (“Buyuk Temur”, A.Ikromov; “Al-Farg’oniy”, M.Bafoyev; “So’g’d elining qoploni”, Ik. Akbarov) hamda Yevropa mumtoz (“Lyuchiya Di Lammermur”, “tungi qo’ng’iroqcha”, G.Donisetti; O’zbekistonda ilk marta) operalarini dirijyor sifatida sahnalashtirgan.