SHOFI’IYLIK

SHOFI’IYLIK — sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy asos solgan. Shofi’iylik molikiylik va hanbaliylik diniy-huquqiy tizimiga yaqinroq turadi. Shofi’iylik tarafdorlari islom huquqidagi qiyos va ra‘yni to’la ma‘qullamaydi, Qur‘on, sunna va iymoni asosiy manba deb biladi. Hanafiylikka qo’shimcha manba sifatida amal qilib kelingan ―istihson‖ qoidasi ham Shofi’iylikda rad etilgan. Shofi’iylik dastlab Suriya va Misrda shakllangan, o’rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya, Shimoliy Kavkaz, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida, qisman Suriyada va Janubiy Arab sultonliklarida e‘tiqod va ibodatga doir amallarni Shofi’iylik mazhabi bo’yicha bajaruvchi musulmonlar bor.