SHOR USULI
SHOR USULI — metallarning qattiqligini o’lchash usullaridan biri. Amerikalik ixtirochi va sanoatchi A. Shor ixtiro qilgan (20-asr o’rtalari). Shor usuli ma’lum balandlikdan tashlangan yengil urgich (masalan, po’lat sharcha)ning sinaladigan metall jism sirtidan sakrab chiqish balandligini o’lchashga asoslangan. Metallning qattiqlik qiymati urgichning sakrash balandligiga mutanosib shartli birlikda baholanadi. Shor usuli o’tkaziladigan asbob shor skleroskopi deb ataladi. Metallarning qattiqligini o’lchashning Shor usulidan boshqa usullari ham bor.