Sho’ra

Sho’ra — sho’radoshlarga mansub bir yillik o’tlar turkumi. Mo’tadil iqlimli zonalarda Sho’raning xushbo’y Sho’ra, sassiq Sho’ra, serbarg Sho’ra (S. Gonozshp (Moeps Azsege.), ko’k Sho’ra (S. yokisigl b.), qizg’ish Sho’ra (SN. Gigat.), oq Sho’ra (S. alit b.), dumbul Sho’ra (S. tigale b.) va boshqalar turlari tarqalgan. Bo’yi 10— 100 santimetr, barglari bandli, uchburchak yoki tuxumsimon, g’ubor bilan qoplangan. Gullari ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. May — sentyabrda gullab urug’laydi. Urug’idan ko’payadi. O’zbekistonda Sho’ra bahorgi begona o’t sifatida deyarli barcha maydonlarda uchraydi. Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; kultivatsiya; almashlab ekishni yo’lga qo’yish; dalaga chirigan go’ng, ekin ekishdan avval kimyoviy preparatlardan treflan, ekish davrida esa kotoran, kotofor, prometrin solish; makkajo’xori ekiladigan dalalardagi Sho’raga qarshi agelon, atrazin yoki simazin qo’llash.