SHO’RBUTA

SHO’RBUTA — sho’radoshlar oilasiga mansub chala buta. Bo’yi 50-150 santimetr. Poyasi tuklar bilan qoplangan. Barglari navbatlashib joylashadi, mayda, seret. To’pguli yoyiq ro’vaksimon. Gullari ikki jinsli. Iyul — sentyabrda gullab, meva beradi. O’zbekistonda sho’rxok yerlarda, ekinlar orasi va boshqalar yerlarda begona o’t holida uchraydi.