SHO’RO

SHO’RO (arab. maslahat, kengash) — 1) Qur‘onning 42-surasi nomi. 53 oyatdan iborat. Makkada nozil bo’lgan. Bu surada musulmonlar dunyoviy va diniy ishlarni o’zaro maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqsadga sazovor ekanligi aytilgan. 1917-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari (jadidlari) va ulamolari tuzgan tashkilotlar nomida ham Sho’ro so’zi uchraydi: ―Sho’roi islomiya, ―Sho’roi ulamo. 2) Sovet hokimiyati (sovetlar) ning XX asr 20–40-yillargacha o’zbek va boshqalar turkiy tillarda ishlatilgan nomi. Keyinchalik Afg’oniston va boshqalar Sharq mamlakatlari xalqlari ham sovet hokimiyatiga nisbatan bu so’zni qo’llagan. 1990-yillar oxirida o’zbek tilida yana qo’llanila boshladi.