Sho’ro tuzumi davri (1917-1991)

1917-yil 1 (14)-noyabr – Toshkentda zo’ravonlik bilan Sovet hokimiyatining o’rnatilishi.

1917-yil 6-noyabr-1983-yil 31-oktabr – Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Rashidov Sharof Rashidovich yashagan.

1917-yil 15-noyabr – Turkiston Sovetlarning 3-o’lka s’yezdida Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti (raisi F.Koleov) tuzilgan.

1917-yil 26-28-noyabr (9-11-dekabr) – Qo’qonda Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib, unda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzilgan.

1917-yil 13-dekabr – Toshkent aholisi muxtoriyatni olqishlab namoyish qilgan. Kazaklar ularni o’qqa tutgan.

1917-yil – Toshkent shahrida Abdulla Avloniy muharrirligida “Turon” nomli adabiy-siyosiy gazetasi chop etilgan; Qo’qonda bir guruh ma’rifatparvar muallimlar tashabbusi bilan “Kengash” adabiy jurnali nashr etilgan.

1917-yil – “Samarqand rus teatr studiyasi” xalq teatriga aylantirilgan (hozirgi Samarqand rus drama teatri).

1918-yil yanvar – Junaidxonning Xivani egallab olishi, taxtga Said Abdullaning o’tirishi.

1918-yil 22-fevral – Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlar tomonidan tor-mor qilingan.

1918-yil fevral oxiri – Turkistonda sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan.

1918-yil mart – Turkiston XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro amirligiga hujum qilgan (Kolesov voqeasi), Kolesov mag’lubiyatga uchragach, Qiziltepa bitimi tuzilgan.

1918-yil 20-aprel-1-may – Turkiston Sovetlarining V qurultoyi bo’lib, unda RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR) tuzilgan.

1918-yil 21-aprel – Toshkentning yangi shahar qismida Turkiston xalq universiteti ochilgan (1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan O’rta Osiyo davlat universitei, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, 2000-yil 28-yanvardan O’zbekiston milliy universiteti).

1918-yil 12-may – Munavvarqori Abduashidxonov tashabbusi bilan o’lkada 1-oliy o’quv yurti-Musulmon xalq dorilfununi

1918-yil may – Toshkent shahrida “Turk so’zi” ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va adabiy turk gazetasi chop etilgan.

1918-yil 21-iyun – “Ishtirokiyun” gazetasi chiqa boshlagan (hozirgi “O’zbekiston ovozi”).

1918-yil 12-iyul – Turkiston sovet komandirlari kursi (keyinchalik turli nomlar bilan atalgan; 1991-yildan Toshkentoliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti) tashkil etilgan.

1918-yil oktabr – Junaidxonning Xiva xoni taxtini amalda egallab olishi.

1918-yil noyabr-dekabr – Junaidxonning To’rtko’lni qamal qilishi.

1918-yil 30-dekabr – O’zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tavallud topgan.

1918-yil – O’zbekiston yetimxonalar asosida bolalar uyi (hozirgi Mehribonlik uylari, 1995-yildan) tashkil etilgan; Toshkent shahrida mustaqil ommaviy “Turon” kutubxonasi ochilgan; Xiva xoni Asfandiyorxonning o’ldirilishi; Turkiston xalq universiteti qoshida O’rta Osiyoda 1-musiqa o’quv yurti – Turkiston xalq konservatoriyasi ochilgan; Turkiston Sharq instituti tashkil qilingan; Samarqand badiiy maktabi ochilgan; O’zTAG (RosTAning bo’limi sifatida ish yuritgan) (hozirgi O’zbekiston milliy axborot agentligi, 1992-yil 6-fevraldan) tashkil etilgan.

1918-1920-yillar – Xiva xoni Said Abdullaxonning hukmronlik davri.

1918-1924-yillar – “Turkiston matbuotchisi” jurnali (hozirgi “O’zbekiston matbuoti”, 1991-yildan) chiqqan.

1918-1935-yillar – Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (Madaminbek, Shermuhammadbek, Ibrohimbek va boshqalar harakati).

1919-yil mart – Turor Risqulov raisligida Turkiston o’lasi Musulmonlar byurosi tuzilgan.

1919-yil 30-mart – “Narodnoye xozyastvo Turkestana” (“Hayot va iqtisod”) jurnalining 1-soni chiqqan.

1919-yil 9-aprel – Junaidxon bilan sovetg Rossiyasi o’rtasida bitim imzolanib, Xiva xonligining mustaqilligi tan olingan.

1919-yil bahori – Turkistonda badiiy hunarmandchilik artellari tashkil etila boshlandi.

1919-yil 1-iyul- 1921-yil boshlari – Farg’ona shahrida “Yangi Sharq” gazetasi nashr etilgan.

1919-yil 14-avgust – Turkiston ozodligi uchun kurashayotgan istiqlolchilarga qarshi bolsheviklar tomonidan Turkiston frontining tuzilishi.

1919-yil 22-oktabr-1920-6-mart – Farg’ona vodiysida Madaminbek boshchiligidagi Muvaqqat Farg’ona hukumati tuzilgan va faoliyat ko’rsatgan.

1919-yil 4-noyabr – Butunrossiya MIK va RSFSR XKS Turkiston ishlari bo’yicha komissiyasi (Turkkomissiya) tashkil qilingan.

1919-yil – Toshkentda M.Uyg’ur boshchiligidagi drama truppasi tashkil etilgan; Namanganda “Ishchilar qalqoni”, keyinchalik turli yillarda va nomlarda (1958-yildan “Namangan haqiqati”) ijtimoiy-siyosiy gazetasi nashr etilgan; Toshkent shahrida hozirgi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni vazirligining Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institui tashkil etilgan; Hamza tashabbusi bilan Qo’qonda musiqali drama teatri tashkil etilgan; Toshkentda Turkiston xalq muzeyi ochilgan.

1919-1921-yillar – Turkiston jadidlari tomonidan madaniy-ma’rifiy va ilmiy-adabiy “Chig’atoy gurungi” (Fitrat boshchiligida) tashkiloti tashkil etilgan.

1920-yil 2-fevral – Qizil armiya qo’shinlari Xiva shahrini bosib olishi va Xiva xoni Said Abdulla taxtdan voz kechishi; Xiva xonligining tugatilishi.

1920-yil mart – Turkison ASSR MIK Respublikada 1-davlat nashriyotini tashkil etish haqida qaror qabul qilgan.

1920-yil 26-aprel – Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilingan.

1920-yil may oyi boshi – Oltiariq tumanidagi G’aribota qishlog’ida bo’lgan Farg’ona vodiysi qo’rboshilarining qurultoyida “Turkiston mustaqil islom jumhuriyati”, ya’ni Turkiston muvaqqat hukumati tuzilgan.

1920-yil 14-may – Qorovul qishlog’i (Farg’ona vodiysi)da Madaminbek xiyonatkorona o’ldirildi.

1920-yil 28-may – M.Frunzening buyrug’i bilan istiqlolchilarga qarshi kurashga mo’ljallangan “jangovar uchar otryadlar” tuzilgan. Maxsus jazo otryadlari tashkil etilgan.

1920-yil 10-iyun – O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavallud topgan.

1920-yil iyul – RKP(b)MK ning Turkiston byurosi (Turk-byuro) tuzilgan.

1920-yil o’rtalari – Xivada dastlabki sahna teatriga asos solingan.

1920-yil yozi – Xivada dastlabki klub va kutubxona tashkil qilingan.

1920-yil 2-sentabr – Turkfront qo’mondoni M.Frunze boshchiligidagi qizil armiya Buxoro shahrini bosib olgan, amir Said Olimxon hokimiyati ag’darilgan.

1920-yil 6-oktabr – Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining 1-Umumbuxoro qurultoyi bo’lgan. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi (hukumat raisi Fayzulla Xo’jayev) qonuniy tasdiqlangan.

1920-yil 21-noyabr – Buxoro Respublikasining Yer to’g’risidagi qonuni va amirga tegishli barcha mol-mulklar, yerlarni xalq mulki deb e’lon qilinishi.

1920-yil – Toshkentda maorif institutlari (improslar) ochilgan (1929-yildan Pedagogika texnikumlariga aylanirilgan).

1920-yil – Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi (dastlab “Uchqun”, keyinchalik boshqa nomlar bilan, hozirgi “Buxoronoma” nashr etilgan.

1920-yil – Kattaqo’rg’on shahar o’zbek drama teatri tashkil etilgan.

1920-yil – Xivadagi Ko’hna Ark (Arzxona)da ko’rgazma-muzeyi ochilgan.

1920-yil – Toshkentda yetim va boquvchisiz qolgan qizlar uchun Zebunniso begim nomidagi internat maktabi ochilgan.

1920-yil – Namangan viloyat o’lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan; Toshkentda 1-dispanser tashkil qilingan.

1921-yil 1-yanvar – Xalq artisti, O’zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov tavallud topgan.

1921-yil 6-mart – Xorazmdagi Polvonniyoz Yusupov hukumatini qizil askarlar ag’darib tashlagan.

1921-yil 26-iyul – O’zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tavallud topgan.

1921-yil avgust – Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzilgan.

1921-yil – O’zbekistonda Turkiston davlat universiteti qoshida Botanika bog’i tashkil etilgan.

1921-yil – BXSR da Buxoro ilmiy jamiyat tashkil etilgan.

1921-yil – Munavvarqori rahbarligida Davlat Ilmiy Kengashi (GUS) tuzilgan.

1921-yil – O’zbek tili va uning imlosiga bag’ishlangan 1-O’lka qurultoyi bo’lgan.

1921-yil – Sadriddin Ayniq nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatri tashkil qilingan.

1921-1922-yillar va 1925-1929-yillar – Yer-suv islohoti – Turkistonda sho’ro hokimiyati tomonidan boylarning yerlarini tortib olib, kam yerli va yersiz dehqonlarga taqsimlab berilishi (qishloq xo’jaligini kollektivlashtirishga zamin yaratgan).

1921-1942-yillar – Turkiston taraqqiyparvarlarining “Turkiston milliy birligi” siyosiy tashkiloti faoliyat ko’rsatgan.

1922-yil may – Turkiston byurosi RKP(b)MK O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) ga aylantirilgan.

1922-yil 10-iyun – Yangiyo’l yog’ zavodi (1994-yildan “Yangiyo’l yog’-moy” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1922-yil 29-iyun – RSFSR bilan XXSR o’rtasida iqtisodiy bitim imzolangan.

1922-yil – Germaniyaga Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar o’qishga jo’natilgan.

1922-yil – Buxoro davlat muzeyi (hozirgi Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey-qo’riqxonasi) tashkil etilgan.

1923-yil 12-fevral – Xalq artisti, ballerina Galiya Izmaylova tavallud topgan.

1923-yil 18-fevral – “Mushtum” jurnaliga (“Turkiston” gazetasiga ilova sifatida) asos solingan.

1923-yil mart – O’rta Osiyo iqtisodiy kengashi – Sredaz-EKOSO tashkil etilgan.

1923-yil 13-iyun – Turkiston ASSR MIK va TASSR XKS oziq-ovqat solig’idan yagona qishloq xo’jalik solig’iga o’tish to’g’risida dekret chiqargan.

1923-yil – Toshkentda aholi ro’yxati o’tkazilgan.

1923-yil – Samarqand choy qadoqlash fabrikasi tashkil etilgan.

1924-yil 11-yanvar – Mehnat va Mudofaa Kengashi O’rta Osiyo Tijorat bankini ta’sis etgan.

1924-yil 7-iyun – Toshkentda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1924-yil 6-12-iyul – Farg’ona vodiysining O’zgan shahrida zilzila sodir bo’lgan.

1924-yil 17-sentabr – O’zbekiston xalq artisti Hakim Zarifov tavallud topgan.

1924-yil 14-oktabr – O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilishi. Turkiston o’lkasining bo’lib tashlanishi.

1924-yil – Toshkent san’at muzeyi (1935-yildan O’zbekiston davlat san’at muzeyi) tashkil etilgan; Toshkent shahrida hayvonot bog’i (1997-yil 1-sentabrdan yangi binosi Botanika bog’i yaqinida) tashkil etilgan; Toshkentda dastlabki madaniyat uyi vujudga kelgan.

1925-yil 8-fevral – Respublika yoshlar gazetasi “Yosh leninchi” (hozirgi “Turkiston”) nashr qilina boshlagan.

1925-yil 13-fevral – Buxoroda bo’lgan Umumo’zbek sovetlarining 1-qurultoyida O’zbekiston SSR tuzilganligi e’lon qilingan (1929 yilgacha uning tarkibida Tojikiston ASSR bo’lgan). Fayzulla Xo’jayev O’zbekiston SSR XKS raisi. Yo’ldosh Oxunboboyev O’zbekiston SSR MIK raisi lavozimlariga saylanishdi.

1925-yil fevral – Qoraqlpog’iston muxtor viloyati tashkil etilgan (Qozog’iston ASSR tarkibida).

1925-yil 13-may – O’zSSRni SSSR tarkibiga qabul qilish to’g’risida SSSR Sovetlari 3-s’yezdining qarori.

1925-yil 22-may – Qarshi shahrida “Qashqadaryo” gazetasi nashr etilgan.

1925-yil may – O’zSSR poytaxti Buxorodan Samarqandga ko’chirilgan.

1925-yil dekabr – Xotin-qizlar uchun “Yangi yo’l” (hozirgi “Saodat” jurnali nashr etila boshlagan.

1925-yil 15-dekabr – Xalq artisti, opera xonandasi Saodat Qobulova tavallud topgan.

1925-yil – O’zbekiston Davlat nashriyoti (1964-dan “O’zbekiston” nashriyoti, 2004-yildan “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi) tashkil etilgan; “Yer yuzi” (hozirgi “Guliston”) jurnali nashr qilina boshlagan.

1925-yil – Muhiddin Qoriyoqubov va Tamaraxonim Parijdagi Butun jahon amaliy san’at ko’rgazmasida konsert berishgan.

1925-yil – “Sharq yulduzi” kinofabrikasi (1958-yildan “O’zbekfilm” kinostudiyasi) tashkil etilgan.

1925-yil – O’zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati tashkil etilgan.

1925-yil – Xudoyorxon o’rdasida Farg’ona okrug o’lkani o’rganish muzeyi (1958-yildan Qo’qon shahar o’lkashunoslik muzeyi) tashkil etilgan.

1925-yil – Leningrad Amaliy botanika, genetika va seleksiya institutining O’rta Osiyo bo’limi (1991-yildan O’simlikshunoslik instituti) tashkil etilgan.

1925-1929-yillar – O’zbekistonda yer-suv islohoti o’tkazilgan.

1926-yil 1-may – Toshkentning Bo’zsuv kanalida Bo’zsuv GESi ishga tushirilgan.

1926-yil – Bekobod sement kombinati ishga tushirilgan; “O’rtoq” qandolatchilik fabrikasi qurib ishga tushirilgan; Toshkentda aholi ro’yxati o’tkazilgan; O’zbekistonda ilk professional ashula va raqs ansambli – O’zbek davlat sayyor konsern etnografik truppasi tashkil etilgan; Toshkentda dastlabki radioeshittirish berilgan; R.R.Shreder nomidagi Turkison qishloq xo’jaligi tajriba stansiyasi sholichilik bo’limi (1967-yil dekabrdan O’zbekiston sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etilgan; “O’zbekiston tibbiyot jurnali” nashr etilgan.

1926-1928-yillar; 1936-1937-yillar – Termizshohlar saroyi (Termiz hukmdorlarining qarorgohi) qazib o’rganilgan.

1926-1932-yillar – Farg’ona to’qimachilik fabrikasi qurilgan.

1927-yil 22-yanvar – Samarqandda Oliy pedagogika instituti [hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU)] tashkil etilgan.

1927-yil mart – O’zbekiston SSR ning 1-Konstitutsiyasi qabul qilingan.

1927-yil 12-avgust – Namanganda zilzila sodir bo’lgan.

1927-yil 12-noyabr – O’rta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti (hozirgi O’zbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti) tashkil qilingan.

1927-yil – Toshkentda 1-poyabzal fabrikasi ish boshlagan; Bosh paxta komitetining markaziy mexanika ta’mir ustaxonasi negizida “Selmash” zavodi (1931-yilda ishga tushirilgan) (1994-yildan “Toshqishloqmash” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1927-1930-yillar – O’zbek xotin-qizarini paranjidan chiqarish uchun “Hujum” kampaniyasi o’tkazilgan.

1927-yil – Zarafshon viloyatida yer-suv islohoti o’tkazildi.

1928-yil 11-dekabr – “Sharq haqiqati” (1954 yil 9-fevraldan “Toshkent haqiqati”) gazetasining 1-soni chiqqan.

1928-yil – O’zbekistonda bolalar teatri ilk bor tashkil topgan; Rus yosh tomoshabinalari teatri (1998-yildan O’zbekiston yoshlar teatri) tashkil etilgan.

1928-yil – Toshkentlik ixtirochilar V.P.Grabovskiy, I.F.Belyanskiy electron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan apparat yaratganlar.

1928-yil – Toshkent ko’n zavodi ishga tushirilgan.

1928-yil – Samarqand shahrida O’zbekiston musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti (hozirgi O’zbekiston BAning San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti) tashkil qilingan.

1928-yil – Qoraqalpoq davlat nashriyoti (1964-yildan “Qoraqalpog’iston”) tashkil etilgan.

1929-yil 2-yanvar-1994-yil 21-oktabr – O’zbekiston xalq artisti, kinorejissyor Latif Fayziyev yashagan.

1929-yil 17-yanvar – O’zbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti (1934-yildan O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etilgan.

1929-yil 1-mart-2005-yil 4-oktabr – Atoqli adabiyotshunos olim, tanqidchi, O’zbekiston Qahramoni Ibraim Yusupov tavallud topgan.

1929-yil 1-avgust – Bolalar va o’smirlarning “Lenin uchquni” (1992-yildan “Tong yulduzi”) gazetasi nashr etilgan.

1929-yil 1-dekabr – Arab alifbosidan lotin yozuviga o’tilishi.

1929-yil oxiri – Munavvarqori boshchiligidagi o’zbek ziyolilari qamoqqa olingan va qatag’on qilingan.

1929-yil – Samarqandda M.Qoriyoqubovning O’zbek davlat sayyor konsert etnografik truppasi negizida dastlabki O’zbek davlat musiqali teatri tashkil etilgan.

1929-yil – Toshkentda dastlabki telefon stansiyasi montaj qilingan.

1929-yil – “Yosh kuch” (hozirgi “Gulxan”) bolalar junali nashr qilina boshlagan.

1929-yil – Samarqand qishloq xo’jalik instituti tashkil etilgan.

1929-yil – Bolalarga mo’ljallangan (ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnal) – “Yosh kuch” tashkil etilgan.

1929-yil – O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiyasi politexnika institutiga (uning negizida 1933-yilda O’rta Osiyo industrial instituti tashkil etilgan va 1949-yilda O’rta Osiyo politexnika institutiga aylantirilgan, 1961-yildan Toshkent politexnika instituti, hozirgi Toshkent texnika universiteti, 1989-yildan) asos solingan.

1929-yil – Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (1992-yildan O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etilgan.

1929-yil – To’rtko’l shahrida Tarix-o’lkashunoslik muzeyi (1969-yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’lkashunoslik muzeyi) tashkil etilgan.

1930-yil aprel – Toshkent qishloq xo’jalik institutining tashkil etilishi.

1930-yil 1-oktabr – Farg’ona davlat yog’ zavodi (1994-yildan “Farg’ona yog’-moy” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1930-yil 26-oktabr – Kattaqo’rg’on stansiyasi asosida mintaqaviy Qorako’lchilik tajriba stansiyasi (2000yildan Qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi instituti) tashkil etilgan.

1930-yil – O’zbekiston SSRning poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirilgan.

1930-yil – Toshkentda O’zbekistondagi dastlabki makaron fabrikasi qurilgan.

1930-yil – Samarqand shoyi to’qish fabrikasi qurilgan.

1930-yil – O’zbek davlat Respublika Yosh tomoshabinlar teatri ish boshlagan.

1930-yil – Toshkentda O’zbekiston qadimgi obidalar va san’at komiteti faoliyat ko’rsata boshlagan. 1941-yilgacha mavjud bo’lgan.

1930-yil – O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi instituti (1991-yil apreldan Toshkent agrar universiteti) tashkil etilgan.

1930-yil – O’zbekistonda 1-bolalar texnika ijodiyoti markazi texnika va qishloq xo’jalik stansiyasi nomi bilan tashkil qilingan.

1930-yil – Samarqand tibbiyot instituti tashkil etilgan.

1930-yil – Farg’ona viloyat musiqali drama va komediya teatri tashkil etilgan.

1930-1932-yillar boshi – O’zbekistonda o’ziga to’q dehqon xo’jaliklari “quloq” sifatida tugatilib, qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish amalga oshirilgan.

1930-1950-yillar boshi – 40 mingdan ziyod mahalliy arbob va ziyolilar Stalin qatag’oni qurboni bo’ldi.

1931-yil yanvar – Qo’qonda kechki pedagogika institute (1954-yildan Qo’qon pedagogika instituti) tashkil etilgan.

1931-yil 16-yanvar – O’zbekiston xalq artisti, kinorejissyor Shuhrat Abbosov tavallud topgan.

1931-yil 25-aprel – Moskvada bo’lib o’tgan sud majlisida “Milliy istiqlol” a’zolari otishga va uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

1931-yil 28-avgust-2004-yil 18-sentabr – O’zbekiston xalq rassomi, rangtasvir ustasi Ro’zi Choriyev yashagan.

1931-yil 13-avgust – O’rta Osiyo moliya-iqtisod instituti (keyinchalik Toshkent Moliya instituti; 1962-1991-yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti; 1991-yil 19-iyundan Toshkent iqtisodiyot universiteti) tashkil etilgan.

1931-yil – O’rta Osiyo temir yo’l transporti muhandislari instituti (1937-yildan Toshkent temir yo’l muhandislari instituti) tashkil etilgan.

1931-yil – O’rta Osiyo tibbiyot instituti (1920-yilda Turkiston universiteti negizida) tashkil etilgan.

1931-yil – O’rta Osiyo radioeshittirish komiteti tuzilgan.

1931-yil – Farg’ona halqa avtomobil yo’li qurilgan.

1932-yil 1-fevral – Farg’ona viloyatining Quvasoy shahrida sement zavodi (1995-yildan “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1932-yil 20-mart – Qoraqalpog’iston ASSRning tashkil etilishi.

1932-yil 2-iyun – “Fizkulturnik Vostoka” (“Sharq fizkulturachisi”) gazetasi (1934-1939 va 1953-1991-yillarda O’zbekiston fizkulturachisi, 1991-yildan “Sport”) nashr etilgan.

1932-yil 4-oktabr – O’zSSR MIK Prezidiumining respublikada Fan Komitetini tuzish to’g’risidagi qarori chiqqan.

1932-yil – Vrachlar malakasini oshirish instituti tashkil etilgan.

1932-yil – Don mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shug’ullanadigan “O’zdontayyorlov” Respublika idorasi (1992-yildan “O’zdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi) tuzilgan.

1932-yil – Markaziy telegraf tashkil qilingan.

1932-yil – Toshkentda Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1932-yil – Toshkent qog’oz fabrikasi qurilgan. Toshkentda to’qimachilik instituti (1968-yildan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti) tashkil etilgan.

1932-yil – O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnali nashr etila boshlagan (dastlab turli nomlarda).

1932-yil – Qoraqalpog’istonning poytaxti Nukus shahri bunyod etilgan.

1932-yil – O’zbekiston rassomlar uyushmasi (1997-yildan O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi) tashkil etilgan.

1932-yil – O’rta Osiyo o’rmonchilik markaziy tajriba stansiyasi (1992-yildan O’rmon xo’jaligi instituti) tashkil etilgan.

1932-yil – Samarqandda Sil ilmiy tadqiqot instituti (1989-yildan O’zbekiston Ptiziatriya va pulmonologiya instituti) tashkil etilgan.

1932-1935-yillar – Toshkent to’qimachilik kombinati qurilgan.

1933-yil 1-may – Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Qodiriya GES qurilgan.

1933-yil – O’zbekiston yozuvchilar ijodiy uyi ochilgan.

1933-yil – “Fan va turmush” oylik ilmiy-ommabop jurnali nashr etila boshlagan (dastlab turli nomlarda).

1933-yil – Toshkentda Kimyo instituti (1998-yildan Umumiy va noorganik kimyo ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etilgan.

1933-yil – Samarqandda O’zbekiston davlat universitetining ochilishi.

1933-yil – O’zbekiston Fan qo’mitasi tarkibida kutubxona (hozirgi O’zbekiston Respublikasi FA ning Asosiy kutubxonasi) tashkil etilgan.

1934-yil 8-11-mart – O’zbekiston yozuvchilarning 1-qurultoyida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi tashkil etilgan.

1934-yil 21-oktabr – O’zbekiston Rus akademik drama teatriga asos solingan (1936-yildan M.Gorkiy nomida, 1967-yildan akademik teatr).

1934-yil – Sanitariya ilmiy tadqiqot instituti (hozirgi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti, 1956-yildan) tashkil etilgan.

1934-yil – Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutining filologiya bo’limlari asosida Til va adabiyot instituti (1998-yildan O’zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) tashkil etilgan.

1934-yil – O’zbekiston davlat radiokomiteti (1992-yil 7-yanvardan O’zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi) tashkil etilgan; Toshkent shahrida O’zbekiston me’morlar uyushmasi tashkil etilgan; Respublika kinoxronika studiyasi (1996-yildan O’zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi) tashkil etilgan.

1934-yil – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jalikni mexanizatsiyalash muhandislari instituti (2004-yil 30-martdan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti) tashkil etilgan.

1934-yil – O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi tashkil etilgan.

1934-yil – Andijon viloyati o’lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan.

1934-yil – Qoraqalpog’iston davlat o’qituvchilar institutini tashkil etilgan.

1934-yil – Termiz shahrida Surxondaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi tashkil qilingan.

1934-yil – Farg’ona yosh tomoshabinlar teatri (1938-yildan drama teatri; hozirgi Farg’ona viloyat davlat rus drama teatri) tashkil etilgan.

1934-yil – O’zbekiston Fan qo’mitasi huzuridagi bo’lim sifatida hozirgi “Fan” nashriyoti tashkil etilgan.

1934, 1939-1940-yillar – Buxoro vohasidagi arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish maqsadida Zarafshon arxeologiya ekspeditsiyasi tuzilgan.

1934-1935-yillar Nurota tog’larining shimolida Sintobsoyning chap sohilida oltin koni (Sintob oltin koni) ochilgan.

1935-yil fevral – Qishloq xo’jalik artelining yangi nizomi qabul qilingan. Qishloq mehnatkashlariga tomorqa uchastkalari ajratib berish va chorva moliga ega bo’lish huquqi berilgan.

1935-yil fevral – “Guliston” jurnali (dastlab “Yer yuzi”, 1925-31; “O’zbekiston qurilishi”, 1932; “Mash’ala”, 1934 nomlari bilan) nashr etilgan.

1935-yil 2-may – Toshkent shahridagi Oqtepa GES qurilishi boshlangan.

1935-yil 14-sentabr – O’rta Osiyo davlat universiteti pedagogika fakulteti negizida Pedagogika instituti (1998-yil 24-fevraldan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) tashkil etilgan.

1935-yil 5-noyabr – Termiz shahrida Mannon Uyg’ur nomidagi Surxondaryo viloyat o’zbek davlat musiqali drama teatri tashkil qilingan.

1935-yil – Toshkent To’qimachilik kombinati 1-navbatining ishga tushirilishi.

1935-yil – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi tashkil etilgan.

1935-yil – Toshkentda telefon-avtomat o’rnatila boshlangan.

1935-yil – Urganch shahrida to’liqsiz oliy ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlash instituti (1992-yil 15-martdan Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti) tashkil etilgan.

1935-yil – Toshkent Pionerlar saroyi (1992-yildan O’zbekiston Respublikasi o’quvchilar saroyi) tashkil etilgan.

1935-yil – Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Abduqodir Ismoilov va boshqalar Londonda o’zbek milliy san’atini namoyish etishgan.

1935-yil – Qo’qon aralash o’g’itlar fabrikasi (1997-yildan “Qo’qon superfosfat zavodi” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1935-1937-yillar – Andijon neft koni ishlashga tushirilgan.

1936-yil 28-yanvar – Xalq artisti, ballerina, baletmeyster Bernora Qoriyeva tavallud topgan.

1936-yil 1-may – Xalq artisti, dirijyor Dilbar Abdurahmonova tavallud topgan.

1936-yil may – Toshkentning Bo’zsuv kanalida 3-gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgan.

1936-yil 26-aprel-1985-yil 23-yanvar – Xalq artisti, xonanda Botir Zokirov yashagan.

1936-yil 28-dekabr – O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavallud topgan.

1936-yil – Oliy musiqa maktabi (1934) negizida Toshkent Davlat konservatoriyasi tashkil etilgan.

1936-yil – “O’quvpeddavnashr” (keyinchalik “O’qituvchi” nashriyoti, 2004-yildan “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi) tashkil etilgan.

1936-yil – O’zbekiston ashula va raqs Katta ansambli (1968-1997-yillarda “Shodlik” nomi bilan faoliyat ko’rsatgan; 1997-yildan “O’zbekiston” ashula va raqs ansambli) tashkil etilgan.

1936-yil – O’zbekiston ichki ishlar xalq komissarligining Ishchi “Dehqon militsiyasi bosh boshqarmasi tarkibida “Davlat avtomobil inspeksiyasi” tashkil etilgan.

1936-yil – Qarshida non zavodi qurilgan.

1936-yil – Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Oqtosh qishlog’ida hozirgi “Oqtosh” sanatoriyasi tashkil etilgan.

1936-1938-yillar – O’rta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan arxeologik kompleks ekspeditsiyasining faoliyat ko’rsatgan davri.

1937-yil 12-fevral – O’zSSR Sovetlari favqulodda 6-s’yezdida O’zSSR Konstitutsiyasining tasdiqlanishi.

1937-yil 23-mart – Qoraqalpog’iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilingan.

1937-yil 29-iyul – Toshkent shahrida “Shoyi” instituti (1958-yilda Marg’ilon shahrida ko’chirilgan) tashkil etilgan.

1937-yil 18-dekabr – Piskom zilzilasi sodir bo’lgan.

1937-yil – Geologiya va geofizika ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan (1962-yilda H.M.Abdullayev nomi berilgan).

1937-yil – Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etilgan.

1937-yil – Xorazm vohasi arxeologik madaniyati va tarixini tekshirish maqsadida Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi uyushtirilgan.

1937-yil – Moskvada o’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi bo’lgan.

1937-yil – Toshkentda amaliy san’at (hunarmandchilik) muzeyi tashkil etilgan (1938-yildan 19-asr oxirida bunyod etilgan chor Rossiyasining diplomati A.A.Polovsevning sobiq saroyida joylashgan. 1997-yildan O’zbekiston Respublikasi amaliy san’at muzeyi).

1937-1938-yillar – Qoraqalpog’istondagi Kenagas kanali qazilgan.

1937-1938-yillar – Mustabid sovet rejimi O’zbekistonda ommaviy ravishda qatag’onlar o’tkazilgan.

1937-1938-yillar – Mustabid tuzum zo’ravonlik bilan Rossiyaning Uzoq Sharq o’lkasidan 74500 koreys aholisini majburiy ravishda ko’chirib O’zbekistonga olib keldi.

1937-1940-yillar – Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan 4-8-asrlarga oid Afrig’iylar madaniyati yodgorliklari topilgan va o’rganilgan.

1937-1940-yillar – Qoradaryodagi Kampirravot to’g’oni qurilgan.

1938-yil 25-yanvar – “O’qituvchilar gazetasi” (1931-yil 4-iyulda “Madaiy inqilob”; hozirgi “Ma’rifat”, 1991-yil 1-iyuldan) chiqqan.

1938-yil 30-yanvar – Yirik davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, O’zbekiston Qahramoni Karimov Islom Abdug’aniyevich tavallud topgan.

1938-yil 1-sentabr – Termiz hayvonot bog’i tashkil etilgan. 1942-yilda yopilgan va 1947-yil 1-maydan qayta ish boshlagan.

1938-yil – Buxoro va Samarqand shaharlarida poyabzal fabrikalari ish boshlagan; O’zbekiston Davlat simfonik orkestr tashkil etilgan.

1938-yil – O’zbekistonda yagona operetta teatri (dastlab Samarqand shahrida, 1940-48-yillar Toshkentda; 1973-yil qayta tashkil etilgan) ochilgan; O’zbekiston kompozitorlar uyushmasi (hozigi O’zbekiston bastakorlar uyushmasi, 1995-yildan) tashkil etilgan.

1938-yil – Teshiktosh g’oridan neandertal odam suyagi topilgan (arxeologiya A.P.Okladnikov o’rgangan, 1938-1939-yillar).

1938-yil – O’zbek davlat filarmoniyasi qoshida O’zbek xalq cholg’ulari orkestri tashkil topgan.

1939-yil 1-avgust-17-sentabr – Katta Farg’ona kanalining qurilishi.

1939-yil 20-iyun – O’zbek davlat musiqarli teatri negizida O’zbek davlat opera va balet teatri tashkil qilingan (1948-yildan Alisher Navoiy nomi bilan ataladi).

1939-yil 29-noyabr – O’rta Osiyo chorvachilik hamda otchilik stansiyalari negizida hozirgi Chorvachilik instituti tashkil etilgan.

1939-yil 30-noyabr – Respublika komediya va satira teatri (1972-yildan Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali drama teatri) tashkil etilgan.

1939-yil – Respublika qo’g’irchoq teatri ish boshlagan.

1939-yil – O’zbekiston FA Til, adabiyot va tarix ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1939-yil – Toshkentda aholi ro’yxati o’tkazilgan.

1939-yil – O’rta Osiyoda eng yirik hisoblangan Qo’qon paypoq fabrikasi ishga tushirilgan.

1939-yil – Metall buyumlar zavodi (hozirgi “Toshavtomatika” zavodi) ishga tushirilgan.

1939-yil – Dutorchi qiz-juvonlar ansambli (rahbari L.Sarimsoqova, musiqa rahbari Yu.Rajabiy) (hozirgi O’zbekiston Teleradiokompaniyasining G’anijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansambli) tashkil etilgan.

1939-yil – To’rtko’l, Termiz shaharlarida poyabzal fabrikalari ish boshlagan.

1939-yil – Farg’ona vodiysidagi Log’on kanali qazilgan.

1939-yil – Farg’ona viloyatidagi Oloy tog’larining shimoliy yon bag’ridan Suratlisoy qoyatoshlariga o’yib ishlangan rasmlar topilgan.

1939-yil – Toshkentda Turkiston harbiy okrugi ahula va raqs ansambli (1992-yildan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli) tashkil etilgan.

1939-1942-yillar – Qoraqalpog’iston, Xorazm viloyati, Toshhovuz viloyati hududlaridan o’tadigan davlatlararo Qilichniyoz kanali hashar yo’li bilan qurilgan.

1940-yil 9-yanvar – SSSR FA O’zbekiston filialining tashkil etilishi.

1940-yil 8-may – O’zSSR Oliy Sovetining lotin yozuvidan kirill (rus grafikasi) asosidagi o’zbek yozuviga o’tish to’g’risidagi qarori.

1940-yillar boshi – Kitob xalqaro kengli stansiyasi olimi G.N.Neuymin Quyosh atrofida harakatlanuvchi kichik sayyora “O’zbekistoniya”ni kashf etgan.

1940-yil – Farg’ona vodiysidagi Shimoliy Farg’ona kanali [Yangiariq (1820), Rozenbax (1890), Anhor (1934) kanallari o’rnida xalq hashari yo’li bilan] qurilgan.

1940-yil – Qon quyish instituti (1959-yildan Gematologiya va qon quyish instituti) tashkil etilgan.

1940-yil – Jarqo’rg’ondagi Kakaydi neft koni foydalanishga topshirilgan.

1940-yil – “Toshtekstilmash” zavodi qurilgan.

1940-yil – Qorasuv daryosidan xalq hashari yo’li bilan Toshkent kanali (1958-1965-yillarda kanal tubidan rekonstruksiya qilingan) qurilgan.

1940-yil – Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga asos solingan.

1940-yil – Toshkent to’qimachilik madaniyat saroyi qurilgan.

1940-yil – Toshkentda Bolalar temir yo’li (Beshyog’ochdagi madaniyat va istirohat bog’ida) ochilgan.

1940-yil – Angren ko’mir koni ishga tushirilgan.

1940-yil – Boysun toshko’mir koni ishga tushirilgan.

1940-yil – Namangan shahrida poyabzal fabrikasi ish boshlagan.

1940-yil – G’azalkent gidrouzeli qurilgan.

1940-yil – Termizda non zavodi qurilgan.

1940-1941-yillar – Katta O’zbekiston trakti qurilgan.

1940-1946-yillar – Chirchiq GES kaskadi qurilgan.

1940-1951-yillar – Kattaqo’rg’on suv ombori qurilgan.

1941-yil yanvar – Chirchiq elektr kimyo kombinati ishga tushirilgan.

1941-yil 6-mart – Oliy Sovet Prezidiumining Farmoniga ko’ra Andijon, Namangan viloyatlari tuzilgan.

1941-yil 21-mart – O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan.

1941-yil iyun-1945-may – O’zbekiston xalqlari 2-jahon urushida Germaniya fashizmiga qarshi urushda ishtirok etganlar.

1941-yil 26-iyun – Mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish, katta yoshdagilar uchun haftada 6 kunlik ish joriy etilgan, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirilgan, ta’tilga chiqish bekor qilingan.

1941-yil 15-oktabr – Toshkent “Elektr stanok” zavodi (1994-yildan “O’zbekapparat” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1941-yil noyabr – Toshkentda “Elektrokabel” zavodi (1995-yildan “O’zkabel” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1941-yil oxiri-1942-yil mart – O’zbek diziyalari tashkil etilgan.

1941-yil dekabr – O’zbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 ta korxona) harbiy izga ko’chirilib, front uchun qurol-yarog’ ishlab chiqarishga kirishgan.

1941-yil – Aviatsiya zavodi ishga tushirilgan.

1941-yil – Energetika instituti (1981-yildan O’zbekiston FA Energetika va avtomatika instituti) tashkil etilgan.

1941-yil – Toshkent xalq xo’jaligi mashinasozligi zavodi (1948-yildan O’zbekiston qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi; 1994-yildan “O’zbekqishloqmash” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1941-yil – Toshkentda Quyuv-mexatika zavodi (1963-yildan “Kompressor” zavodi) ishga tushirilgan.

1941-yil – Toshkentda To’qimachilik mashinasozligi zavodi qurilgan.

1941-yil – Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi ishga tushirilgan.

1941-yil – Surxondaryodagi Sharg’un ko’mir koni ochilgan.

1941-yil – Moskva viloyatidan evakuatsiya qilingan “Radiolampa” elektrovakuum asboblari zavodi negizida Toshkent electron texnika zavodi (1995-yildan “Foton” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1941-yil – Toshkent viloyatida Qibray GES qurilgan.

1941-yil – Ukrainaning Xarkov shahridan evakuatsiya qilingan oliy maxsus harbiy ma’lumotli ofitserlar tayyorlaydigan o’quv yurti-Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti tashkil etilgan.

1941-1945-yillar – O’zbekistonda 280 ta yangi korxona barpo etilgan; O’zbekistonlik 263 mingdan ziyod kishi jangda halok bo’lgan, 132670 kishi bedarak yo’qolgan, 60452 kishi nogiron bo’lib qaytgan; O’zbekistonlik 300 dan ortiq kishi Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan; O’zbekistonga fashistlar bosib olgan hududlardan 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilingan. Sh.Shomahmudovlar oilasi-14 ta, H.Samadovlar oilasi-12 ta Bolani o’z tarbiyalariga olishgan.

1942-yil yanvar – Y.Oxunboboyev va H.Islomov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi o’zbek xalqining sovg’a-salomlarini G’arbiy front jangchilariga yetkazishgan.

1942-yil 12-aprel – Leningraddan evakuatsiya qilingan “Elektropult” zavodi (1994-yildan “Chirchiq transformator zavodi” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1942-yil 13-may – Toshkent viloyati Iskandar qishlog’ida uchuvchi-kosmonavt Vladimir Aleksandrovich Jonibekov tavallud topgan.

1942-yil oktabr – O’zbek sirki jamoasi tuzilgan.

1942-yil – Toshkentda Paypoq-trikotaj fabrikasi (1973-yildan “Malika” firmasi) ishga tushirilgan.

1942-yil – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo’jaikon tuz koni ishga tushirilgan.

1942-yil – Toshkentda o’q-dori ishlab chiqariladigan zavod (keyinchalik 1945-yilda oziq-ovqat mashinasozligi “Tashprodmash” zavodi, 1950-yildan Paxtachilik mashinasozligi zavodi, 1969-yildan traktor zavodi, hozirgi, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1942-yil – Toshkent parfumeriya-kosmetika fabrikasi (1985-yildan fabrika “Lola” parfyumeriya-kosmetika fabrikasi deb nomlangan) qurilgan.

1942-yil – Namangan pedagogika instituti negizida hozirgi Namangan universiteti (1992-yil 15-martda) tashkil etilgan.

1942-yil – Andijon, Qo’qon va Chirchiq shaharlarida poyabzal fabrikalari ish boshlagan.

1942-yil – Toshkentda Kimyo-farmatsevtika zavodi tashkil etilgan.

1942-yil – Andijon konserva zavodi (1994-yildan “Andijon agrofirmasi” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1942-yil – Namangan kimyo zavodi (1997-yildan Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1942-yil – Andijon viloyatidagi Polvontosh neft-gaz koni ishga tushirilgan.

1942-1944-yillar – Toshkent viloyati Bekobod shahrida qora metallurgiya korxonasi (1994-yildan “O’zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik birlashmasi) qurilgan.

1942-1946-yillar – Toshkentda Qodiriya GES kaskadi qurilgan.

1943-yil 10-fevral – Umumxalq hashar yo’li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan.

1943-yil 20-oktabr – O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy boshqarmasi (1996-yildan O’zbekiston musulmonlari idorasi) ta’sis etilgan.

1943-yil 3-noyabr – O’zbekiston FAning Iqtisodiy tadqiqotlar byurosi negizida Iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.

1943-yil 4-noyabr – O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan.

1943-yil 4-noyabr – SSSR FA O’zbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida (hozirgi O’zbekiston FAning Tarix instituti) tashkil etilgan.

1943-yil – Qoraqalpog’iston pedagogika instituti (1990-yildan Nukus pedagogika instituti) tashkil etilgan.

1943-yil – O’zbekiston Davlat xalq kutubxonasining Sharq bo’limi asosida Sharq qo’lyozmalarini o’rganish instituti (1950-yilgacha; hozirgi O’zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti) tashkil topgan.

1943-yil – Zirabuloq tog’ida Sharshar volfram koni ochilgan.

1943-yil – SSSR FA O’zbekiston filialining Fizika-teznika laboratoriyasi asosida O’zbekiston FA Fizika-texnika instituti tashkil etilgan.

1943-yil – Muqimiy teatrining hozirgi binosi qurilgan.

1943-yil – Yangiyo’l shahrida poyabzal fabrikasi ish boshlagan.

1943-yil – Kattaqo’rg’on shahridan janubiy-sharqda Zirabuloq tog’larida joylashgan Ingichka volfram koni ishga tushirilgan.

1943-yil – O’zbekiston FA qoshidagi Matematika instituti tashkil etilgan.

1943-yil – Toshkent shampan vinosi zavodi (1994-yildan “O’zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1943-1944-yillar – Sho’ro hukumati tomonidan O’zbekistonga qrim tatarlar, chechenlar, ingushlar va mesxeti turklarining zo’ravonlik bilan ko’chirilishi.

1943-1947-yillar – Shahrisabz konserva zavodi (1994-yildan “Shahrisabz konserva” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1943-1948-yillar – Sirdaryo o’zanida Farhod gidrouzeli qurilgan.

1944-yil – Toshkent rezina-texnika mahsulotlari zavodi ishga tushirilgan.

1944-1954-yillar – Quyi Bo’zsuv GES kaskadi qurilgan.

1945-yil – O’zbekiston teatr jamiyati tuzilgan (1987-yildan O’zbekiston teatr arboblari uyushmasi).

1945-yil – Granplastinka zavodiga asos solingan (1969-yildan Mulla To’ychi Toshmuhamedov nomida).

1945-yil – Toshkent Davlat teatr va rassomlik san’ati instituti (1991-yildan Mannon Uyg’ur nomidagi San’at instituti) asos solingan.

1945-yil – Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushukn eft koni ishga tushirilgan.

1945-yil – Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tashkil etilgan.

1945-yil – Mineral xomashyoni qayta ishlaydigan artel negizida “Toshkent lok-bo’yoq zavodi” (1999-yildan ochiq aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1946-yil 2-noyabr – O’rta Osiyodagi eng kuchli zilzilalardan biri – Chatqol zilzilasi sodir bo’lgan.

1946-yil 3- noyabr – Toshkentda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1946-yil dekabr – Farg’ona gidroliz zavodi (1963-yildan Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi) qurilgan.

1946-yil – Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Chinobod sanatoriyasi foydalanishga topshirilgan.

1946-yil – Samarqand va Kitobda gilam fabrikasi qurilgan.

1946-yil – G’azalkent toshga ishlov berish sexi (1994-yildan “G’azalkent toshga ishlov berish kombinati” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1947-yil – Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qurilgan.

1947-yil – “Qizil O’zbekiston” (1924-yil) gazetasining bosh idorasi bosmaxona (1921) bilan birlashtirilib “Qizil O’zbekiston”, “Pravda Vostokka” va “O’zbekistoni Surx” gazetalari birlashgan nashriyoti (2002-yil oktabrdan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi) tashkil etilgan.

1947-yil – Alisher Navoiy nomidagi O’zbek davlat akademik opera va balet teatri binosi qurilgan va teatr maydoni (1990-yildan Navoiy nomidagi maydon) barpo etilgan.

1947-yil – Toshkentda ilk bor trolleybuslar qatnay boshlagan.

1947-yil – Toshkent kuranti qurilgan.

1947-yil – Angren qurilish materiallari kombinati ishga tushirilgan.

1947-yil – Toshkent mashinasozlik zavodi (hozirgi “O’zpaxtamash” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1947-yil – Toshkentda Inshootlar instituti (1966-yildan O’zbekiston FA M.T.O’rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti) tashkil qilingan.

1947-yil – Toshkentda Xoreografiya bilim yurti (1997-yildan Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi) tashkil etilgan.

1947-yil – Chatqol qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1947-yil – Andijon, Termiz va Xiva shaharlarida gilam fabrikasi qurilgan.

1947-yil – Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan O’zbek davlat ommaviy kutubxonasiga shoir nomi berilgan.

1948-yil – Toshkentda Chet tillar pedagogika instituti tashkil etilgan.

1948-yil – Toshkentda “Mikond” zavodi ishga tushirilgan.

1948-yil – Toshkentda mineral suvi topilgan (shahar yaqinidan).

1949-yil – Namangandagi “Chortoq” sanatoriyasi tashkil etilgan.

1949-yil – P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti tashkil qilingan; Shahrisabz gilam fabrikasi tashkil topgan.

1950-yil – O’zbekiston FA Botanika ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan.

1950-yil – O’zbekiston FA Zoologiya instituti tashkil etilgan.

1950-yil – Farg’ona vodiysidagi Izboskan neft-gaz koni ishga tushirilgan.

1950-yil – Olmaliq qo’rg’oshin koni ishga tushirilgan.

1950-yil – Samarqand trikotaj fabrikasi qurilgan.

1950-yil – O’zbekiston Adliya vazirligi huzurida Toshkent ilmiy tadqiqot kriminalistika laboratoriyasi (2003-yildan Sud ekspertiza markazi) tashkil etilgan.

1950-yil – G’azalkent oyna zavodi ishga tushirilgan.

1951-yil – O’zbekiston qattiq qotishmalar zavodi (2002-yildan “O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1951-yil – Olmaliq shahri yaqinida topilgan Qalmoqqir mis koni foydalanishga topshirilgan.

1952-yil – O’zbekistonlik gimnastikachi G.Shamray Xelsinkida ilk bor olimpiada chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1952-yil – Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi (SES) tashkil etilgan.

1953-yil – Andijon gidroliz zavodi (hozirgi Andijon biokimyo zavodi) tashkil etilgan.

1953-yil – “Buxoroyog’” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ishga tushirilgan.

1953-yil – Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani markazi yaqinida Chormiton oltin koni ochilgan.

1953-yil – Andijon viloyati Xo’jaobod tumani hududida Bo’ston neft koni ishga tushirilgan.

1953-yil – Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodak oltin koni ochilgan.

1953-yil – Andijon viloyati Xo’jaobod tumani hududida Bo’ston neft koni ishga tushirilgan.

1953-yil – Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodak oltin koni ochilgan.

1953-yil – Andijon viloyati Xo’jaobod tumanidagi Shahrixon-Xo’jaobod gaz-neft koni foydalanishga topshirilgan.

1953-1957-yillar – Toshkent “Paxtakor” markaziy stadioni qurilgan.

1954-yil – Namangan viloyatida Kosonsoy suv ombori ishga tushirildi.

1954-yil 9-fevral – “Tashkentskaya pravda” gazetasining 1-soni chiqqan.

1954-yil – Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (keyinchalik Mannon Uyg’ur nomidagi san’at instituti, 1990-yildan. O’zbekiston BA tarkibidagi hozirgi Milliy rassomlik va dizayn instituti, 1997-yildan) tashkil etilgan.

1954-yil – Xo’jaylik gilam fabrikasi qurilgan.

1954-yil – Samarqand kimyo zavodi ishga tushirilgan.

1954-yil – Olmaliq qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi qurilgan.

1955-yil – Toshkentda O’zbekiston jismoniy tarbiya instituti tashkil etilgan.

1955-yil – Andijon tibbiyot instituti tashkil etilgan.

1955-yil – Samarqand superfosfat zavodi ishga tushirilgan.

1955-yil – Urganchda non zavodi qurilgan.

1955-yil – Olmaliqdagi Oltintopgan koni qurib bitkazilgan.

1955-1964-yillar – Toshkent (Tuyabo’g’iz) suv ombori – “Toshkent dengizi” barpo etilgan.

1956-yil 4-yanvar – “O’zbekiston madaniyati” gazetasi (1981-yildan “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi) chop etilgan.

1956-yil 5-noyabr – Toshkent televideniyasining tajriba-sinov ko’rsatuvlari boshlangan.

1956-yil 28-dekabr – Toshkentda Davlat naslchilik korxonasi tashkil etilgan.

1956-yil – Taxiatosh GRES qurila boshlangan.

1956-yil – Mirzacho’lni keng miqyosda o’zlashtirishning boshlanishi.

1956-yil – Karmana qalay koni ochilgan.

1956-yil – “Paxtakor” futbol komandasi tuzilgan.

1956-yil – Toshkentda 1-televizion minora (balandligi 180 m) qurilgan.

1956-yil – Buxoro viloyati Romitan tumanida Gazli gaz-neft koni ochilgan.

1956-yil – Buxoro viloyati Qorovulbozor shahridagi Jarqoq neft-gaz koni ishga tushirilgan.

1956-yil – O’zbekiston FA Yadro fizikasi instituti tashkil etilgan.

1956-yil – Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Telemarkazi tashkil qilingan.

1956-yil – O’zbekiston FA tarkibidagi O’simlik moddalari kimyosi instituti tashkil etilgan.

1956-yil – Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi So’x gaz-neft koni ishga tushirilgan.

1956-1958-yillar – Farg’ona vodiysida Qayroqqum suv ombori foydalanishga topshirilgan.

1957-yil – M.Turg’unboyeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansambli tashkil etilgan.

1957-yil – Surxondaryo viloyati Termiz shahri yaqinida Uchqizil suv ombori qurilgan.

1957-yil – G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti tashkil qilingan (hozirgi G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi).

1957-yil – Farg’ona viloyatidagi Xonqiz neft-gaz koni ochilgan va ishga tushirilgan.

1957-yil – O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tuzilgan (1996-yil O’zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi tashkil topgan. 2004-yil 26-martda uning qonuniy vorisi sifatida O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tuzilgan).

1957-yil – O’zbekiston Gidrogeologiya tresti tashkil etilgan.

1957-yil – O’rta Osiyo yer osti qazilmalarini keng ko’lamda o’rganish markazi sifatida (keyinchalik O’rta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot instituti, 1994-yil apreldan Mineral resurslar instituti) tashkil etilgan.

1957-yil – Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi tashkil etilgan.

1957-yil – O’zbekiston qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish va iqtisodiyoti ilmiy tekshirish instituti (hozirgi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etilgan.

1957-yil  O’zbek davlat filarmoniyasi qoshida “Lazgi” ansambli tashkil etilgan.

1957-yil – O’zbekiston Radioeshittirish va televideniye qo’mitasi tashkil etilgan.

1957-yil – O’zbekiston radiosi qo’shida Xalq cholg’ulari orkestri tashkil etilgan.

1957-yil – Qashqadaryo viloyatida Qamashi suv ombori qurilgan.

1957-yil – Toshkentda O’lka tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti (1989-yildan Endokrinologiya instituti) tashkil etilgan.

1957-1962-yillar – Janubiy Mirzacho’l kanali qurilgan.

1958-yil yanvar – “G’uncha” jurnali nashr etila boshlangan.

1958-yil 3-sentabr – Navoiy shahri bunyod etilgan.

1958-yil 7-13-oktabr – Toshkentda Osiyo va Afika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent konferensiyasi o’tkazilgan (“Toshkent ruhi” tushunchasi shundan keyin paydo bo’lgan).

1958-yil – O’zbekiston kinematografchilar uyushmasi tuzilgan; O’zbekiston FA Prezidiumi huzuridagi Falsafa va huquq bo’limi asosida Falsafa va huquq instituti tashkil etilgan.

1958-yil – Ohangaron sement zavodi (1994-yildan “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyati) qurilgan.

1958-yil – “Toshkent” mehmonxonasi foydalanishga topshirilgan.

1958-yil – Chet mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy aloqalar O’zbekiston jamiyati (hozirgi O’zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqa milliy uyushmasi) ta’sis etilgan.

1958-yil – Toshkentda ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tuzilgan.

1958-yil – Toshkentda Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tekshirish instituti (1966-yildan Onkologiya ilmiy tekshirish instituti, 2001-yildan Onkologiya markazi) tashkil etilgan.

1958-yil – O’zbekiston Respublikasi Davlat arxivi tuzilgan.

1958-yil – O’simliklarni himoya qilish instituti tashkil etilgan.

1958-yil – “Ipak” ilmiy-texnika jurnali nashr qilingan.

1958-yil – Zirabuloq tog’larida joylashgan Rabinjom oltin-mis koni ochilgan.

1958-yil – Navoiy viloyatidagi Sarmishoy darasi qoyatoshlariga o’yib ishlangan rasmlar (Sarmishsoy rasmlari) topilgan.

1958-yil – Chimboy shahrida Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish institutining Chimboy zonal tajriba stansiyasi negizida Qoraqalpog’iston dehqonchilik instituti tashkil etilgan.

1958-yil – “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topgan.

1958-1960-yillar – Qashqadaryoning o’rta oqimida Chimqo’rg’on suv ombori qurilgan.

1958-1962-yillar – “O’zbek tili va adabiyoti masalalari” ilmiy-nazariy jurnali (1963-yildan “O’zbek tili va adabiyoti”) chiqqan.

1958-1967-yillar – Janubiy Surxon suv ombori bunyod etilgan.

1959-yil 27-yanvar – Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan.

1959-yil 28-may – Jalolobod zilzilasi sodir bo’lgan.

1959-yil 10-sentabr – Toshkentda atom reaktorining ishga tushirilishi.

1959-yil 24-oktabr – Burchmulla zilzilasi sodir bo’lgan.

1959-yil – Toshkentda aholi ro’yxati o’tkazilgan.

1959-yil – Angren shahri yaqinida Qo’shbuloq oltin koni topilgan.

1959-yil – Toshkentda birinchi zoomagazin ochilgan.

1959-yil – O’zbekiston FA Qoraqalpog’iston filiali tashkil etilgan.

1959-yil – O’zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi (1989-yildan Yunus Rajabiy nomida) “Maqom” ansambli tuzilgan.

1959-1968-yillar – Toshkent katta halqa avtomobil yo’li loyihalashirilgan va qurilgan.

1959-2004-yillar – O’zbekiston davlat meditsina nashriyoti (Ibn Sino nomidagi nashriyoti) faoliyat ko’rsatgan.

1960-yil – Pop rezina poyabzal fabrikasi ishga tushirilgan.

1960-yil – Toshkentda “Yosh gvardiya” nashriyoti tashkil etilgan.

1960-yil – O’zbekiston Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan.

1960-yil – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1960-yil – Orol dengizining quriy boshlashi (“Orol fojiasi”).

1961-yil 10-sentabr – Qoraqalpog’istondagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilgan.

1961-yil – Janubiy Mirzacho’l kanali qurilgan.

1961-yil – Buxoro viloyatida O’rtabuloq neft-gaz kondensat koni ochilgan.

1961-yil – Toshkentda O’zbekiston Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan.

1961-yil – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida “Baliqchi” birlashmasi tashkil etilgan.

1961-yil – Olmaliq mis-molibden ruda boyitish fabrikasi qurilgan.

1961-yil – Buxoro trikotaj fabrikasi qurilgan.

1962-yil avgust – Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi (hozirgi Farg’ona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi) qurilgan.

1962-yil – Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanidagi Odamtosh gaz-kondensat koni ishga tushirilgan.

1962-yil – Toshkent yaqinida muste madaniyatiga oid Obirahmat g’ori topilgan.

1962-yil – Toshkentda Zargarlik fabrikasi (1972-yildan Zargarlik zavodi) tashkil qilingan.

1962-yil – Toshkentda Sanitariya texnikasi jihozlari zavodi ishga tushirilgan.

1962-yil – Toshkentda o’yinchoqlar fabrikasi tashkil etilgan.

1962-yil – “Boychechak” bolalar xori tuzilgan.

1962-yil – O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tekshirish institutining san’atshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan Dalvarzintepa qadimgi shahar xarobasida tekshiruv ishlari boshlangan; 1967-yildan muntazam arxeologik qidiruv ishlari olib borilmoqda.

1962-yil – Namangan mashinasozlik zavodi (hozirgi “Namanganmash” aksiyadorlik jamiyati) bunyod etilgan.

1963-yil – Qoraqalpog’istondagi Kegeyli kanali qurilgan.

1963-yil – H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti binosida H.M.Abdullayev muzeyi ochilgan.

1963-yil – “O’zbekiston atlasi” nashr qilingan.

1963-yil – Toshkentda Mitrofanov nomidagi suv havzasi qurilgan.

1963-yil – Toshkentda hozirgi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida Ulug’bek nomidagi planetariy ochilgan.

1963-yil – Rus tili va adabiyoti pedagogika institutiga asos solingan.

1963-yil – Toshkent shahrida qurilish ishlarini olib boruvchi Bosh boshqarma (“Glavtashkentstoy”) tuzilgan.

1963-yil – Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.

1963-yil – Buxoro viloyatida Amu-Qorako’l kanali qurilgan.

1963-yil – Buxoro zardo’zlik fabrikasi (hozirgi Buxoro “Zardo’z” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1963-yil – Marg’ilon “Atlas” firmasi (1976-yildan Atlas ishlab chiqarish birlashmasi) tashkil etilgan.

1963-yil – Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi tashkil etilgan.

1963-yil – Buxoro viloyatidagi Saritosh-Qorovulbozor gaz-neft koni foydalanishga topshirilgan.

1963-1965-yillar – Buxoro-Ual gaz yoli ishga tushirilgan.

1963-168-yillar – Jizzax suv ombori qurilgan.

1963-1970-yillar – Chorvoq suv ombori qurilgan.

1963-1972-yillar – Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Xo’jakent qishlog’i yaqinida Chorvoq GES qurilgan.

1964-yil – Navoiy kimyo kombinati (2002-yildan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1964-yil – “Yulduz” tikuvchilik firmasi tashkil etilgan.

1964-yil – Toshkentda Trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.

1964-yil – Olmaliq mis eritish zavodi qurilgan.

1964-yil – O’rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1964-yil – Toshkentdagi “San’at saroyi” (1990-yildan Alisher Navoiy nomidagi kino-konsert zali) qurilgan.

1964-yil – O’zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti (1996-yildan shu nomad) tashkil etilgan.

1964-yil – Andijon un kombinati (hozirgi “Andijon don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1964-yil – Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Sho’rchi neft-gaz koni ochilgan va shu yili foydalanishga topshirilgan.

1964-yil – Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tarkibidagi “O’zparrandasanoat” Respublika ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.

1964-yil – Namanganda Oxunboboyev nomidagi kanal barpo etilgan.

1964-yil – Samarqand shahri yaqinidagi Sazag’on qishlog’idan neolit davriga oid Sazag’on makoni topilgan.

1964-1965-yillar – Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota gaz yo’li qurilgan.

1964-1967-yillar – Qashqadaryo viloyatidagi Pachkamar suv ombori qurilgan.

1964-1990-yillar – O’zbek xalq badiiy ijodi namunalaridan tuzilgan ko’p jildli “O’zbek xalq ijodi” chop etilgan.

1965-yil 10-sentabr – Muboak shahri yaqinida Muborak oltingugurt zavodi (1972-yildan Muborak gazni qayta ishlash zavodi)ni qurish boshlangan.

1965-yil – Sirdaryoning o’rta oqimida (Jizzax viloyati) Chordara suv ombori qurilgan.

1965-yil – Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida Qoraxitoy gaz-neft koni foydalanishga topshirilgan.

1965-yil – Respublika bolalar kutubxonasi ochilgan.

1965-yil – Navoiy shahrida “Delfin” suv havzasi qurilgan.

1965-yil- Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi (hozirgi O’zbekiston Qurollik Kuchlari markaziy muzeyi) tashkil etilgan.

1965-yil – G’o’za seleksiyasi va urug’chilik instituti tashkil etilgan.

1965-yil – Amu-Buxoro kanalining 1-navbati (2-navbati 1976-yil) qurilgan.

1965-yil – O’zbekiston FA ning “Geliotexnika” xalqaro ilmiy texnika jurnali nashr qilingan.

1965-1967-yillar – Qashqadaryo viloyati Muborak shahri yaqinida Karim neft-gaz koni ishga tushirilgan.

1965-1969-yillar – Muruntov oltin konining sanoat o’zlashtirilishi ishlari bajarilgan va 1969-yil 21-iyulda dastlabki mahsulot – Muruntov quyma oltini chiqarila boshlangan.

1965-1971-yillar – “Yog’moytamakisanoat” uyusmasi tarkibidagi “Toshkent yog’-moy kombinati” (hozirgi “Beglan investmen” kompaniyasi ishtirokidagi qo’shma korxona-“Toshkent yog’-moy kombinati” aksiyadorlik jamiyati) foydalanishga topshirilgan.

1965-1973-yillar – Qashqadaryo viloyatidagi Tallimarjon suv ombori qurilgan. 1985-yildam to’liq ishga tushirilgan.

1966-yil yanvar – O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Toshkentda Kibernetika instituti ochilgan.

1966-yil 4-10-yanvar – Hindiston bosh vaziri L.B,Shastri bilan Pokiston prezidenti M.Ayyubxon Toshkentda uchrashib, “Toshkent deklaratsiyasi”ga imzo chekdilar.

1966-yil 26-aprel – Toshkentda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1966-yil 1-iyul – “Toshkent oqshomi” – “Vechniy Tashkent” gazetasining 1-soni chiqqan.

1966-yil – “Botanika” sanatoriyasi ishga tushgan.

1966-yil – Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida Qo’shtor neft-kondensat koni ochilgan.

1966-yil – Samarqand me’morlik-qurilish instituti tashkil etilgan.

1966-yil – Toshkentda “Yoshlik” sport kompleksi ochilgan.

1966-yil – “O’zbekfilm” kinostudiyasida satiric kinojurnal “Nashtar” tashkil etilgan.

1966-yil – Toshkentda “Rossiya” mehmonxonasi qurilgan va foydalanishga topshirilgan.

1966-yil – Andijon “Semurg’” trikotaj aksiyadorlik birlashmasi ishga tushirilgan.

1966-yil – O’zbekison FA Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti tashkil etilgan.

1966-yil – Nukus shahrida Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyi tashkil etilgan.

1966-yil – Toshkentda Teatr va kino xodimlari uyi bazasida Kinochilar uyi (hozirgi binosi 1982-yil kinofestifal arafasida ishga tushirilgan) ochilgan.

1966-yil – Seysmologiya instituti (1990-yilda unga G’.O.Mavlonov nomi berilgan) tashkil etilgan.

1966-yil – O’zbekistonlik gimnastikachi S.Diomidov GFRda jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1966-1970-yil – Markaziy Farg’ona kanali (Katta Andijon kanalining dastlabki nomi) qurilgan.

1966-1976-yillar – Taxiatosh gidrouzeli qurilgan.

1966-1981-yillar – Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.

1967-yil may – O’zbekiston televideniyesining muntazam ko’rsatuvlari rangli tasvirda ham berila boshlagan.

1967-yil 6-sentabr – Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O’zSSR Davlat mukofoti (1991-yil 5-martdan O’zR Davlat mukofoti) ta’sis etilgan.

1967-yil – Toshkent Oliy militsiya maktabi tashkil etilgan.

1967-yil – O’zbekiston FA Elektronika instituti tashkil etilgan.

1967-yil – O’zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tashkil etilgan.

1967-yil – Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi tashkil etilgan.

1967-yil – Angren shahrida Toshkent viloyat pedagogika instituti ochilgan.

1967-yil – Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasiga asos solingan.

1967-yil – Toshkentda Kooperatorlar uyi qurilgan.

1967-yil – Andijon shahrida “Andijon” mehmonxonasi qurilgan.

1967-yil – Dunyoda eng uzun O’rta Osiyo – Markaz gaz quvuri (uzunligi 13750 km) qurilgan.

1967-yil – Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi Sho’rtepa neft-gaz koni foydalanishga topshirilgan.

1967-yil – O’zbekiston FA Biokimyo instituti tashkil etilgan.

1967-yil – Navoiy viloyatida Dovgostov oltin koni ochilgan.

1967-yil – Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar kombinati (1998-yildan “Namangantekstik” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1967-yil – Samarqnad shahrida “Samarqand” mehmonxonasi qurilgan.

1967-yil – Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida Farg’ona politexnika instituti tashkil etilgan.

1967-yil – O’zbekistonlik basketbolchi R.Salimova Prokopenko Chexoslovakiyada jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1967-yil – O’zbekistonlik M.Kolyushev velosiped sporti bo’yicha Gollandiyada jahon championi (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1968-yil 18-fevral – O’zbek sovet ensiklopediyasi Bosh tahririyati (1991-yildan Qomuslar Bosh tahririyati, 1997-yildan “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti) tashkil etilgan.

1968-yil aprel – Andijon qo’g’irchoq teatri tashkil etilgan.

1968-yil sentabr – Toshkentda Alisher Navoiyning 525 yillik yubileyi munosabati bilan Shoirlar xiyoboni ochilgan (1991-yilda rekonstruksiya qilindi).

1968-yil 28-oktabr – “Yosh gvardiya” teatri (1991-yildan Abror Hidoyatov nomidagi o’zbek davlat drama teatri) tashkil etilgan.

1968-yil – Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro 1-kinofestivali bo’lib o’tgan.

1968-yil – Surxondaryo viloyatinign Muzrabod tumanida jez davriga ois Sopollitepa arxeologik yodgorligi topilgan (1969-1974-yillarda A.Asqarov tomonidan o’rganilgan.

1968-yil – Chirchiq shahrida mashinasozlar madaniyat saroyi qurilgan.

1968-yil – Navoiy viloyatida To’dako’l suv ombori barpo etilgan.

1968-yil – Andijon trikotaj fabrikasi qurilgan.

1968-yil – Nurota tumanidagi Qoratog’da Sarmich oltin koni topilgan va 1980-yilgacha qizman qazib olingan.

1968-yil – O’zbekistonlik V.Duyunova voleybol bo’yicha Meksikada olimpiada chempioni (1-o’rin, oltin medal) va 1970-yil Bolgariyada jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1968-yil – 1-Toshkent mineral suv qo’yish korxonasi tashkil etilgan.

1968-yil – “Tashavtomash” zavodi bazasida Toshkent tractor zavodi barpo etilgan.

1968-yil – Farg’ona kimyoviy tolalar zavodi ishga tushirilgan.

1968-yil – Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (1971-yil oktabrdan faoliyatini boshlagan) tashkil etilgan.

1968-yil – Farg’ona poyabzal fabrikasi ishga tushirilgan.

1968-yil – O’zbekistonlik R.Kazakov yunon-rim kurashi bo’yicha Argentinada jahon chempioni (1971-yil Ruminiyada) (1-o’rin, oltin-medal) va 1972-yil GFRda olimpiada chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1968-yil – “G’ozg’onmarmar” koxonasi (1994-yildan aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1969-yil 20-noyabr – Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti tashkil etilgan.

1969-yil dekabr – Olmaliq kimyo zavodi (2001-yildan Olmaliq “Ammofos” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushgan.

1969-yil – Samarqandda Temuriylar davri madaniyatiga oid xalqaro simpozium o’tkazilgan.

1969-yil – Toshkent Bosh planni loyihalash instituti (1976-yildan Bosh plan instituti) tashkil etilgan.

1970-yil 20-may – “Jasorat” memorial majmuasi ochilgan.

1970-yil – Samarqnad shahrid O’zbekiston FA Arxeologiya instituti (O’zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti negizida) tashkil etilgan.

1970-yil – Toshkentda “Do’stlik mehmonxonasi qurilgan.

1970-yil – Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti qoshida vocal-cholg’u ansambli shaklida “Yalla” ansambli (hozirgi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan davlat vocal-cholg’u “Yalla” ansambli) tashkil etilgan.

1970-yil – “O’zbektelefilm” (badiiy va hujjatli filmlar kinostudiyasi) tashkil qilingan.

1970-yil – Olmaliq rux zavodi qurilgan.

1970-yil – Samarqand chinni buyumlar zavodi (1994-yildan Samarqand “Nafis” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1970-1979-yillar – Namangan viloyati hududidagi Katta Namangan kanali qurilgan.

1970-1980-yillar – O’rta Chirchiq GES kaskadi qurilgan.

1970-1983-yillar – Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamo’min tor darasida Tuyamo’min suv ombori qurilgan.

1971-yil – Samarqand liftsozlik zavodi ishga tushgan.

1971-yil – Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida Surxon Davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1971-yil – Buxoro viloyatida yirik gidrotexnika inshooti – Markaziy Buxoro kollektori qurilgan.

1971-yil – Toshkentda Operetta teatri ochilgan.

1971-yil – Qoraqalpog’istonning Qo’ng’irot tumanidagi Shaqpaqti (chaqmoqli) gaz koni foydalanishga topshirilgan.

1971-1973-yillar – Angren oltin boyitish fabrikasi qurilgan.

1971-1975-yillar – Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Toshquduq gaz koni ochilgan va ishga tushirilgan.

1971-1977-yillar – Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida Xo’jakent GES qurilgan va ishga tushirilgan.

1971-1980-yillar – 14 jildli O’zbek Sovet Ensiklopediyasining nashr etilishi.

1972-yil – Zarafshon shahriga asos solingan.

1972-yil – Nurota marmar koni ishga tushirilgan.

1972-yil – V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (1996-yildan “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan.

1972-yil – Navoiy shahrida Farhod madaniyat saroyi qurilgan.

1972-yil – Qo’qon ko’n zavodi ishga tushirilgan.

1972-yil – O’zbekistonlik gimnastikachi Elvira Saadi GFR olimpiada chempioni (1-o’rin, oltin medal) (1974-yil jahon chempioni, 1-o’rin, oltin medal) unvonlariga sazovor bo’lgan.

1972-yil – Dalvarzintepa (Surxondaryo)dan oltin buyumlar xazinasi topilgan.

1972-yil – Toshkent Bosh universal magazin (GUM) ochilgan.

1972-yil – Toshkent avtomobil-yo’llar instituti tashkil etilgan.

1972-yil – O’zbekiston kino san’at muzeyi tashkil etilgan.

1972-yil – O’rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti (1989-yildan Toshkent tibbiyot pediatriya instituti) tashkil etilgan.

1972-yil – Jizzax un kombinati (1995-yildan “Jizzax don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1972-yil – Jizzax plastmassa quvurlari zavodi (hozirgi “Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1972-1973-yillar – Buxoro viloyatining Qorako’l tumani Qorovulbozor shahri yaqinida Dengizko’l gaz-kondensat koni qazilgan.

1973-yil 28-dekabr – Jizzax viloyati tashkil etilgan.

1973-yil – Toshkentda tibbiyot tarixi muzeyi (1984-yildan O’zbekiston sog’liqni saqlash muzeyi) ochilgan.

1973-yil – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Pachkamar gaz-kondensat koni ishga tushirilgan.

1973-yil – Surxondaryo viloyatida Amu-Zang kanali qurilgan.

1973-yil – Samarqand sovitkichlar (xolodilnik) zavodi (1994-yildan Samarqand “Sino” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1973-1976-yillar – Buxoro to’qimachilik kombinati qurilgan.

1973-1980-yillar – Toshkent metropoliteni 1-yo’nalishining qurilishi.

1973-1980-yillar – Toshkentda “Malika” trikotaj ishlab chiqarish kombinati qurilgan.

1974-yil 1-may – Jizzax shahrida “Jizzax haqiqati” ijtimoiy-siyosiy gazetasi chiqqan.

1974-yil – Jizzax pedagogika instituti tashkil etilgan.

1974-yil – Namangan noto’qima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi qurilgan.

1974-yil – Toshkentda Yoshlar uyi ochilgan.

1974-yil – Ilmiy-texnika axboroti va texnik iqtisodiy tadqiqotlar instituti tashkil qilingan.

1974-yil – “O’zbekiston” mehmonxonasi qurilgan va foydalanishga topshirilgan.

1974-yil – O’zbekiston rassomlar uyushmasining ko’rgazma zali ochilgan.

1974-yil – O’zbekiston Pedagogika jamiyati tashkil etilgan.

1974-yil – Buxoroda 1-yigiruv-to’quv fabrikasi ishga tushirilgan (yillar davomida turli nomlar bilan atalgan; 1994-yildan “Buxoroteks” aksiyadorlik jamiyati).

1974-yil – Farg’ona sun’iy charm zavodi ishga tushirilgan.

1974-yil – Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida Lalmikor neft-gaz koni ishga tushirilgan.

1974-yil – Abdulla Qodiriy nomi (1989-yildan)dagi Toshkent davlat madaniyat instituti tashkil qilingan.

1974-yil – Namangan mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalari mashinasozlik zavodi (1995-yildan Namangan “Mexmash” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1974-yil – O’zbekiston maishiy kimyo va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan “O’zmaishiy-kimyo-plast” birlashmasi tashkil etilgan.

1974-yil – Olim Xo’jayev nomidagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri tashkil etilgan.

1974-yil – Qashqadaryo viloyatidagi Sho’rtan gaz-kondensat koni ochilgan.

1974-yil – Toshkentda O’zbekiston akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan.

1974-yil – O’zbekistonlik S.Hodiyev sambo bo’yicha Mongoliyada (1975-yil Belorussiyada) jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1974-yil – O’zbekistonlik S.Qurbonov sambo bo’yicha Ispaniyada (1975-yil Belorussiyada) jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1974-yil – O’zbekistonlik R.Risqiyev boks bo’yicha Kubada jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) (1976-yil Kanadada olimpiada sovrindori, 2-o’rin, kumush medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1974-yil – O’zbekistonlik R.Ro’ziyev qilichbozlik sporti bo’yicha Fransiyada (1979 va 1981-yillarda ham) jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) (1980-yil Moskva olimpiadasi sovrindori, 2-o’rin, kumush medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1975-yil – Buxoro viloyati Shofirkon tumanida qo’riqxona (1983-yildan Vardonze davlat tabiat yodgorligi) tashkil etilgan.

1975-yil – Samarqand viloyati hududida Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil qilingan.

1975-yil – Farg’ona shisha idishlari zavodi ishga tushirilgan.

1975-yil – Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy tadqiqot institutining Toshkent filiali (1991-yildan Xirurgiya markazi) tashkil etilgan.

1975-yil – Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Qizilolmasoy oltin koni foydalanishga topshirilgan.

1975-yil – “Chatqol” sanatoriyasi tashkil etilgan.

1975-yil – Jizzax viloyatining Forish tumanida Nurota davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1975-yil – Namangan viloyati Chortoqsoy daryosi o’zanida Chortoq suv ombori qurilgan.

1975-yil – Toshkent shahrining Xadra maydonida Toshkent sirkining yangi binosi qurilgan.

1975-yil – Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan.

1975-yil – O’zbekistonlik K.Fatkullin yunon-rim kurashi bo’yicha Bolgariyada jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1975-1981-yillar – Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida Qo’rg’ontepa suv ombori qurilgan.

1975-1983-yillar – Toshkent viloyatida Parkent kanalining 1-navbati (2-navbati 1988-1997-yillarda) qurilgan.

1976-yil 8-aprel – Gazlida kuchli zilzila sodir bo’lgan.

1976-yil sentabr – Toshkentda Osiyo va Afrika mamlakatlari yosh yozuvchilari anjumanining ochilishi.

1976-yil sentabr – Nukus davlat universitetining ochilishi.

1976-yil – Toshkentda Respublikada eng yirik otchopar qurilgan.

1976-yil – Toshkentda birinchi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Texnolog” tashkil etilgan.

1976-yil – Qoraqalpoq universiteti tashkil etilgan.

1976-yil – “Teatr yoshlari tajriba studiyasi” (“Ilhom” teatr-studiyasi) tashkil etilgan.

1976-yil – Buxoro viloyatidagi Saltanattepa (Setalantepa) gaz koni ishga tushirilgan.

1976-1980-yillar – Navoiy “Elektrkimyo zavodi”ning 1-navbati qurilgan va 1980-yilda 1-mahsulot ishlab chiqarilgan.

1976-1985-yillar – Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.

1977-yil 6-noyabr – Toshkent metropolitenining 1-navbati 9 stansiyasi) foydalanishga topshirilgan.

1977-yil 6-dekabr – Tovoqsoy zilzilasi sodir bo’lgan.

1977-yil – “Leningrad” (1992-yildan “Turon”, hozirgi “Osiyo”) mehmonxonasi qurilgan va foydalanishga topshirilgan.

1977-yil – O’zbekiston FA O.S.Sodiqov nomidagi bioorganic kimyo instituti tashkil etilgan.

1977-yil – Buxoro shahrida Toshkent politexnika institutining Buxoro filiali (1972) negizida Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti tashkil etilgan.

1977-yil – Pop noto’qima materiallar kombinati qurilgan.

1977-yil – O’zbekiston FA Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1977-1978-yillar – Xiva gilam kombinati (1994-yildan “Xiva gilami” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1978-yil 19-aprel – O’zSSR yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi.

1978-yil 1-sentabr – Samarqand qo’g’irchoq teatri tashkil etilgan.

1978-yil sentabr – Qoraqalpog’iston yosh tomoshabinlar teatri tashkil etilgan.

1978-yil – Uchquduq shahri tashkil topgan.

1978-yil – “O’zbekfilm” kino studiyasi qoshida qo’g’irchoq va rasmli filmlar ijodiy uyushmasi tashkil etilgan.

1978-yil – Samarqand shahri yaqinida, Nurota tog’ining janubiy-g’arbiy chekkasida Zarmiton (Chormiton) oltin koni ishga tushirilgan.

1978-yil – “Toshkent” avtovokzali qurilgan.

1978-yil – “Mehnat rezervlari” sport kompleksining 1-navbati qurilgan (2-navbati 1982-yilda qurilgan).

1978-yil – “Matbuot” Toshkent poligrafiya ishlab chiqarish birlashmasi ishga tushgan.

1978-yil – Respublika xalq amaliy san’at ustalari birlashmasi – “Usto” tashkil etilgan.

1978-yil – Samarqand viloyati Urgut shahrida tamaki fabrikasi [1994-yildan “O’zBAT” (O’zbekiston-Buyuk Britaniya) aksiyadorlik jamiyati] qurilgan.

1978-yil – Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi Eskiyer suv ombori qurilgan.

1979-yil 17-aprel – Farg’ona “Chimyon” sanatoriyasi ishga tushgan.

1979-yil – Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida “Oltiariq” sanatoriyasi ishga tushgan.

1979-yil – O’zbekiston FA “Kibernetika” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.

1979-yil – Samarqand viloyat O’lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan.

1979-yil – O’zbekiston madaniyat yodgorliklarini asrash va ta’mirlash instituti tashkil qilingan.

1979-yil – Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1979-yil – Toshkentda aholi ro’yxati o’tkazilgan.

1979-yil – O’zbekiston madaniy yodgorliklarini asrash va ta’mirlash instituti tashkil etilgan.

1980-yil may – Guliston yog’-ekstraksiya zavodi (hozirgi “Guliston yog’ ekstraksiya” aksiyadorlik jamiyati) ishga tushirilgan.

1980-yil 18-avgust – Toshkent metropoliteni 1-yo’lining 2-liniyasi (3 stansiya) foydalanishga topshirilgan.

1980-yil 10-dekabr – Toshkent shahrining g’arbidagi Nazarbrkda zilzila (Nazarbek zilzilasi) sodir bo’lgan.

1980-yil – Oybek uy-muzeyi ochilgan.

1980-yil – Toshkentda “Silikat” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.

1980-yil – Toshkentda Aviasozlar madaniyat va texnika saroyi qurilgan.

1980-yil – Jizzax temir-beton buyumlari zavodi tashkil qilingan.

1980-yil – O’zbekistonlik Yu.Kovshov ot sporti bo’yicha Moskvada olimpiada chempioni (1- va 2-o’rinlar, oltin va kumush medallar) unvoniga sazovor bo’lgan.

1980-yil – O’zbekistonlik A.Panfilov velosiped sporti bo’yicha Moskva olimpiadasida 2-o’rin, kumush medaliga sazovor bo’lgan.

1980-yil – O’zbekistonlik R.Yambulatov o’q otish sporti bo’yicha Moskva olimpiadasida 2-o’rin, kumush medaliga sazovor bo’lgan.

1980-yil – O’zbekistonlik E.Shagayev suv polosi bo’yicha Moskvada olimpiadasida champion (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1980-yil – O’zbekistonlik L.Pavlova voleybol bo’yicha Moskva olimpiadasida champion (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1980-yil – O’zbekistonlik O.Zubareva qo’l to’pi bo’yicha Moskva olimpiadasida champion (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1980-1982-yillar – O’zbekistonda gidrogeologik xaritalar tuzilgan.

1981-yil – 2-jildli O’zbek tilining izohli lug’ati nashr etilgan (60000 so’z va birikmadan iborat).

1981-yil – Xalqlar do’stligi saroyi ochilgan.

1981-yil – Toshkentda O.Tansiqboyev uy-muzeyi ochilgan.

1981-yil – Andijon ip-gazlama kombinatining 1-navbati qurilgan.

1981-yil – O’zbekistonlik B.Fayziyev sambo bo’yicha Ispaniyada (1986-yil Fransiyada va 1987-yil Italiyada) jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1982-yil 6-may – Farg’ona vodiysining Chimyon shaharchasi atrofida zilzila (Chimyon zilzilasi)si sodir bo’lgan.

1982-yil 26-may – Toshkentda Xalqlar do’stligi monumenti ochilgan (Xalqlar do’stligi maydonida).

1982-yil – M.Ashrafiy uy-muzeyi ochilgan.

1982-yil – Samarqand badiiy muzey-qo’riqxonasi tashkil qilingan.

1982-yil – “Yoshlik” oylik jurnali nashr etila boshlagan.

1982-yil – Amudaryo qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1982-yil – Andijon suv ombori qurilgan.

1982-yil – Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri tashkil etilgan.

1982-yil – Toshkent shahrining Chorsu maydonida hozirgi “Chorsu” mehmonxonasi qurilgan.

1982-yil – G’azalkent GES qurilgan.

1982-yil – O’zbekistonlik V.Logvin qilichbozlik sporti bo’yicha Fransiyada jahon chempioni (1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1983-yil sentabr – Toshkent shahrining 2000 yilligi nishonlangan va “Toshkent” ensiklopediyasi (rus tilida) nashr etilgan.

1983-yil – Navoiy shahrida Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali (1992-yil 15-martda Navoiy pedagogika instituti) tashkil etilgan.

1983-yil – G’afur G’ulom uy-muzeyi ochilgan.

1983-yil – “Chimyon oromgohi” salomatlik markazi foydalanishga topshirilgan.

1983-yil – Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri tashkil etilgan.

1983-yil – Toshkent geografik atlasi yaratilgan.

1983-yil – Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak shahri yaqinida Tuyamo’min GES qurilgan.

1984-yil 17-fevral – Pop zilzilasi sodir bo’lgan.

1984-yil oktabr – O’zteleradiokompaniya qoshida raqs ansambli (1997-yildan “O’zbekraqs” milliy birlashmasi tarkibidagi “Tanavor” raqs teatri) tashkil etilgan.

1984-yil – Toshkent markazida Kosmonavtlar maydoni ochilgan.

1984-yil – O’zbekiston San’at muzeyining Antika va zargarlik buyumlari fondi tashkil qilingan (knyaz N.K.Romanovning sobiq saroyida jolashgan; 1988-yildan Antika va zargarlik buyumlari muzeyi).

1984-yil – Toshkent metropoliteni 2-yo’lining 1-liniyasi (5 stansiya) foydalanishga topshirilgan.

1984-yil – O’zbek ma’rifatparvar shori Avaz O’tar uy-muzeyi ochilgan.

1984-1989-yillar – “Paxta ishi” natijasida O’zbekistonda o’n minglab kishilar qatag’on qilingan.

1985-yil 13-oktabr – Namangan viloyatida Qayroqqum suv ombori hududida zilzila sodir bo’lgan.

1985-1986-yillar – O’zbekistonda qayta qurishning boshlanishi.

1985-yil – Toshkentda 2-televizion minora (balandligi 375 m) qurib bitkazilgan.

1985-yil – Qashqadaryo viloyati Bahoriston tumanida Ko’kdumaloq neft-gazkondensat koni ishga tushirilgan.

1986-yil iyul – “Yosh kuch” – “Molodaya smena” oylik jurnallari (o’zbek var us tillarda) nashr qilingan.

1986-yil – Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri tashkil etilgan.

1986-yil – “Cho’lpon” nashriyoti (hozirgi Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi) tashkil etilgan.

1986-yil – O’zbek davlat filarmoniyasi qoshida “Buxoro” (hozirgi “Zarafshon”) ashula va raqs ansambli tashkil etilgan.

1987-yil – O’zbekiston teatr jamiyati (1945) negizida O’zbekiston teatr arboblari uyushmasi tashkil etilgan.

1987-yil – “O’zmaishiyplastika” birlashmasi va Italiyaning “Alma-Roze” firmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston-Italiya “Sovplastital” qo’shma korxonasi tuzilgan.

1987-yil – Janubiy Qozog’istonni Buxoro tabiiy gazi bilan ta’minlash uchun Gazli-Chimkent gaz quvuri qurilgan va ishga tushirilgan.

1987-yil – O’zbekiston kasaba uyushmalarining Respublika ko’ngilli jismoniy tarbiya-sport jamiyati (hozirgi O’zbekiston kasab uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya-sport jamiyati, 1998-yil 4-iyuldan) tuzilgan.

1988-yil yanvar – Qashqadaryo viloyati Kaspi tumanidagi Tallimarjon suv ombori yaqinida Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.

1988-yil – Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan.

1988-yil – Avloniy uy-muzeyi rasmiy ravishda ochilgan.

1988-yil – O’zbekiston geologiya muzeyi ochilgan.

1988-yil – O’zbekiston dizaynerlar uyushmasi tashkil etilgan.

1988-yil – O’zbekistonlik R.Gataulin yengil atletika bo’yicha Seul olimpiadasi 2-o’rin, kumush medaliga sazovor bo’lgan.

1988-yil – O’zbekistonlik N.Muhammadyorov og’ir atletika bo’yicha Seul olimpiadasida 2-o’rin, kumush medaliga sazovor bo’lgan (1990-yil jahon chempioni, Vengriyada).

1988-yil – O’zbekistonlik A.Fadzayev erkin kurash bo’yicha Seulda olimpiada chempioni (1-o’rin, oltin medal) (jahon chempionatida 1989-yil Shveysariyada 2-o’rin, kumush medal va 1990-yil Yaponiyada 1-o’rin, oltin medal) unvoniga sazovor bo’lgan.

1988-yil – O’zbekistonlik M.Xadarsev erkin kurash bo’yicha Seulda olimpiada chempioni va 1989-yil Shveysariyada, 1990-yil Yaponiyada jahon chempioni (1-o’rinlar, oltin medallar) unvoniga sazovor bo’lgan.

1989-yil iyun – “Toshkent oqshomi”ga ilova gazeta – “Mahalladosh”ning 1-soni chiqqan.

1989-yil 4-avgust – Toshkentda temir yo’l texnikasi muzeyi ochilgan.

1989-yil 13-sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

1989-yil 21-oktabr – “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida” Qonun qabul qilinib, o’zbek tili davlat tili deb e’lon etildi.

1989-yil noyabr – Toshkent metropoliniteni 2-yo’lining 3-liniyasi (“G’afur G’ulom” va “Chorsu” stansiyalari) foydalanishga topshirilgan.

1989-yil dekabr – Farg’ona viloyati teatr studiyasi (1993-yildan Farg’ona viloyati qo’g’irchoq teatri) tashkil etilgan.

1989-yil – Toshkentda aholi ro’yxatdan o’tkazilgan.

1989-yil – Ohangaron daryosi o’zanida Ohangaron suv ombori qurilgan.

1989-yil – Samarqand viloyatidagi To’sunsoy daryosining yuqori oqimida To’sunsoy suv ombori qurilgan.

1989-yil – Zarafshonning Oqdaryo tarmog’i o’rta oqimida Orziko’l qishlog’i yaqinida Oqdaryo suv ombori bunyod etilgan.

1989-yil – Toshkentga BMT qarori bilan “Tinchlik elchisi” faxriy unvoni berilgan.

1989-yil – Andijon viloyat adabiyot va san’at muzeyi tashkil etilgan.

1989-yil – Toshkent politexnika institutining Jizzax bo’limi (1992-yildan Jizzax politexnika instituti) tashkil etilgan.

1989-yil – O’zbekistonlik S.Sirsov og’ir atletika bo’yicha Gretsiya jahon chempioni (1991-yil GFRda 1-o’rin, oltin medal) va 1992-yil Madrid olimpiadasida 2-o’rin, kumush medaliga sazovor bo’lgan.

1990-yil 24-mart – O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashida O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan. I.Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylangan.

1990-yil 20-iyun – O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilingan.

1990-yil 14-avgust – Toshkentda Respublikas ijarachilari va ishbilarmonlarining ta’sis qurultori bo’lgan.

1990-yil 12-sentabr- O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkil etilgan.

1990-yil 14-sentabr – Toshkentda islom dini arboblaridan Muhammad Iso at-Termiziyning tug’ilganiga 1200 yil to’lishiga bag’ishlangan Butunjahon islom konferensiyasi ochilgan.

1990-yil 6-oktabr – O’zbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat birlashtiruv banki “Turonbank” tashkil etilgan.

1990-yil 31-oktabr – “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida” qonun qabul qilingan.

1990-yil noyabr – Toshkentda O’zbekiston shifokorlarining 1-qurultoyi bo’lgan.

1990-yil 1-dekabr – Andijon bolalar va yoshlar teatri tashkil etilgan.

1990-yil 14-dekabr – Qoraqalpog’iston Respublikasi suvereniteti e’lon qilindi.

1990-yil dekabr – “Ipak yo’li” banki tashkil etilgan.

1990-yil – Buxoro tibbiyot instituti tashkil etilgan.

1990-yil – Toshkent viloyatining Bo’stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarinign tog’li hududlarida Ugom-Chatqol davlat tabiat milliy bog’i tashkil etilgan.

1990-yil – Namangan viloyati Chust tumani Olmos qishlog’i yaqinida O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish instituti va Olmos entomologiya qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1990-yil – Toshkent tibbiyot instituti 1- va 2-tibbiyot institutlariga bo’lingan.

1990-yil – Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri tashkil etilgan.

1990-yil – Birinchi bor “O’zbek tilida ish yuritish” amaliy qo’llanmasi tuzilib nashr etilgan (tuzatilgan va to’ldirilgan 2-nashri 2000-yilda, 3-nashri 2003-yilda chop etilgan).

1990-yil – Toshkentda O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy “Islom nuri” gazetasi nashr etilgan.

1991-yil 1-yanvar – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ommaviy, ijtimoiy-siyosiy gazeta-“Xalq so’zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarinig 1-soni chiqqan.

1991-yil 1-yanvar – “Sovet O’zbekistoni” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O’zbekiston XDP gazetasi sifatida “O’zbekiston ovozi” nomi bilan chiqa boshlagan.

1991-yil yanvar – Milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy “Muloqot” jurnali chiqa boshlagan.

1991-yil fevral – Alisher Navoiyning 550 yilligi munosabati bilan 1991-yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan. Yubiley munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilib, shoir haykali o’rnatilgan. Adabiyot muzeyi oldidagi maydon qayta loyihalashtirildi. “Fan” nashriyoti tomonidan Navoiyning 20 jildli mukammal asarlar to’plami (1991-yildan-2004-yilgacha) nashr etildi.

1991-yil 1-mart – Farg’ona pedagogika instituti negizida Farg’ona davlat universiteti tashkil etilgan.

1991-yil 30-aprel – Toshkent metropoliteni 2-yo’lining oxirgi liniyasi (“Tinchlik” va “Beruniy” stansiyalari) foydalanishga topshirilgan.

1991-yil 4-may – Toshkent viloyatining Angren tumani Jigariston qishlog’ida surilma sodir bo’lgan.

1991-yil 6-may – Toshkent arxitektura va qurilish instituti tashkil etilgan.

1991-yil 6-may – Zargarlik sanoati korxonasi – “FONON” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan.

1991-yil 13-may – Toshkent xalq xo’jaligi institutining moliya-iqtisod va hisob iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etilgan.

1991-yil 18-22-iyun – Toshkentda Jahon ishbilarmonlari uchrashuvi bo’lib o’tgan. Bunda 54 mamlakatdan 300 dan ortiq ishbilarmonlar vakili qatnashgan.

1991-yil 8-iyul – Qo’shraboy buyurtma qo’riqxonasi tashkil etilgan.

1991-yil 12-iyul – Toshkentda “O’zbek tili” jamiyatining ta’sis qurultori bo’lgan.

1991-yil 15-iyul – Toshkent davlat universitetining sharq fakulteti asosida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilgan.

1991-yil 20-iyul – O’zbekiston FA Suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

1991-yil 14-avgust – Toshkentda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston respublikasi prezidentlarining 2-uchrashuvi bo’lgan (1-uchrashuv 1990-yil 23-iyunda Olmaotada bo’lgan).

1991-yil avgust – Toshkentda rus tilida “Biznes-vestnik Vostoka”, “BVV” (“Sharq biznes xabarlari”)-ishbilarmon va tadbirkorlarning haftalik gazetasi nasr etila boshlandi.