“SHO’ROI ISLOMIYA”
“SHO’ROI ISLOMIYA” (―Islom kengashi) — Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917-yil 14-martda Toshkentda tuzilgan va 1918-yil bahorigacha faoliyat olib borgan. Tashkilot faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Mustafo Cho’qay, Ahmad Zakiy Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo’lat Norbo’tabekov kabi ma’rifatparvarlar faol qatnashgan. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi o’tkazildi (1917-yil aprel). Qurultoyda qabul qilingan tashkilot dasturida o’lka musulmonlari orasida islohotlar o’tkazish g’oyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib, Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo’yilgan. Tashkilot ―Sho’roi islom nomli gazazeta ham chiqargan. Oktabr to’ntarishidan tashkilot faoliyati taqib ostiga olinadi va uning a‘zolari birin-ketin yo’q qilinadi.