Shoxdumlilar

Shoxdumlilar – pardaqanotlilar oilasi. 200 ga yaqin turi ma’lum. Urg’ochisida uzun va ingichka parmaga o’xshash tuxum qo’ygichi bor. Voyaga yetgan Shoxdumlilar, asosan, ignabargli daraxtlarning yog’ochligida rivojlanadi. Urg’ochisining qornidagi “xaltacha”da yogochlikni emiradigan zamburug sporalari bo’ladi. Tuxum qo’ygichi bilan po’stoqni teshib, tuxum va zamburug’ sporalarini qo’yadi. Qurtlari oq yoki sarg’ish, tsilindrsimon; yog’ochdan yo’l ochib. unda rivojlanadigan zamburug’lar bilan oziqlanadi. Oyoqlari reduktsiyaga uchragan, qorni uchida tikanagi bor. Yog’ochlikda g’umbakka aylanadi. Rivojlanish tsikli 1-2 yil. O’zbekistonning Tyanshann tog’i o’rmonlarida katta Shoxdumlilar, ko’k qayin Shoxdumlilari, binafsha Shoxdumlilar uchraydi. Ignabargli daraxtlarga ziyon yetkazadi.