“Shoyi” instituti
“Shoyi” instituti, O’zbekiston “shoyi” ilmiy tadqiqot instituti — ipakchilik sohasidagi ilmiy muassasa. “O’zbek ipagi” uyushmasi tarkibiga kiradi. Marg’ilon shahrida joylashgan. Pilladan ajratib olingan ipak xom ashyosini, ipak mahsulotlari va ipakni qayta ishlash jarayonidagi chiqindilarni qayta ishlashning texnologik, iqtisodiy, me’yoriy va tashkiliy muammolarini o’rganadi. 1937 yil 29 iyulda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1958 yilda hukumat qarori bilan ipakchilik rivojlangan Marg’ilon shahriga ko’chirildi. Institut tarkibida 5 ilmiy laboratoriya (pillakashlik, iqtisodiy, me’yoriy izlanishlar, chiqindilarni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish) va ipak mahsulotlarini sertifikasiyalash markazi faoliyat ko’rsatadi (2005). Toshkent shahrida filiali bor. Institut olimlari tomonidan Toshkent to’qimachilik mashinalari maxsus konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda bir qator pillakashlik mashinalari tizimi (ske- 4VU; KZ150SHL va boshqalar), texnologik uskunalar (SMM6, Mk1, rku va boshqalar) yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi, 42 ixtiro uchun mualliflik guvohnomalari olingan. Institut faoliyati E.B.Rubinov, M.Mirzaraxmetov, A.B.Novikov, M.Sh.Mirqosimov, F.Qqo’qonboev, O.Aoxunboboev, G.A. Rahimjonov, G.N.Valiev, G.G. Asrorov kabi olimlar faoliyati bilan bog’liq. Institut ilmiy to’plamlar nashr etadi. Pillachilik va ipakchilik bo’yicha boy ilmiy kutubxonaga ega.