Shpinellar

Shpinellar (nemischa), shpinelidlar — murakkab oksidlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Umumiy formulasi AV204 yoki A(A, V)04. Bunda A—M§, 2p, Mp, G’e2+, so, N1; va1, G’e3+, Sg, Mp, T14+, U3+. Tarkibidagi kationlarga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: alyumoshpinellar, ferrishpinellar, xromshpinelidlar, titanoshpinellar va vanadiyshpinellar. Kub singoniyada kristallanadi. Turlicha qizil, yashil, havo rang, qora, rangsiz xillari bor. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5-8, zichligi 3,6—4,1 g/ sm3. Shpinellar uchun hosil bo’lish sharoitining yuqori traliligi xos; nurashga chidamli, sochmalarda uchraydi. Magnezialkarbonat jinslarning regional metamorfizmida hosil bo’ladi. Ko’pgina Shpinellar xrom, marganes, temir, titan, ruxning muhim rudasi hisoblanadi. Shpinellar Ural, Pomir, Baykal orti, AQSh, Italiya, Myanma, Tailand, Afg’oniston va Shri Lankada mavjud. Shaffof turlaridan qimmatbaho tosh sifatida, sun’iy Shpinellardan olovbardosh materiallar, sopol, bo’yoq ishlab chiqarishda hamda asbobsozlik va radiotexnikada foydalaniladi.