Shreder Rixard Rixardovich
Shreder Rixard Rixardovich (1867.15.10, Moskva 1944.27.4, Toshkent) — qishloq xo’jaligi sohasidagi olim, vasxnil akademik (1935), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), professor (1918), qishloq xo’jaligi fanlari Doktori (1936), Mehnat Qahramoni (1927). Moskva universitetining fizika matematika fakultetini (1891) va Petrovsk qishloq xo’jaligi akademiyasini tugatgan (1894), shu yerda xususiy dehqonchilik kafedrasida assistent (1895-1900). Germaniya, Shveytsariyada malaka oshirgan (1900-02), 1902 yildan umrining oxirigacha Turkiston qishloq xo’jalik tajriba stansiyasi (hozirgi akademik R.R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti) rahbari. Turkiston qishloq xo’jalik jamiyati Prezidenti (1904-18). Turkiston xalq universitetini tashkil etishda faol qatnashgan (1918), O’rta Osiyo unti qishloq xo’jaligi fakultetining birinchi dekani va professor Shreder rahbarligida g’o’za, don, meva, rezavor- meva, sabzavot ekinlari, pillachilik va boshqalar sohalarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa, bog’dorchilikka katta ahamiyat berildi. Kuzgi bug’doyning “qora kaltak” yoki №584 navini, g’o’zaning o’z davrida mashhur, tezpishar №1306 yoki “Shreder” navini yaratgan. Mevali o’simliklar kollektsiyasini tashkil etib, olma, nok va boshqalarning 200 dan ortiq navini o’rgangan. Uning ishini keyinchalik o’g’li A.G. Shreder (Argus, Toshkent borovinkasi, Toshkent kalvili, Pskent olmasi va boshqalar navlari yaratgan), nabirasi E.A. Shreder (Cho’lpon, go’zal, Oltin olma va boshqalar navlar muallifi) davom ettirdi. Institutda chiqarilgan serhosil uzum (“Shreder ertagisi”), qulupnay (“shreder xotirasi”), olma (“Shreder Reneti”) navlari uning nomi bilan atalgan. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutining 100 yilligi munosabati bilan institut Markaziy binosi oldida bronza byusti o’rnatilgan (2001). “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2004). As: Deyatelnost Turkestanskoy selskoxozyaystvennoy stantsii po polevodstvu, v chastnosti, po xlopkovodstvu. Pravlenie zemleustroystva i zemledeliya, T., 1913; Kultura xlopchatnika v Sredney Azii, M., 1925. Ad.: Trudi plodoyagodnogo instituta im. akad. R.R. Shredera, VSh. 18 (1898- 1948), T, 1950; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.