Shrot nimani anglatishini bilasizmi

Shrot nimani anglatishini bilasizmi – (mayda bo’laklar, qiyqim) yog’ ekstraksiya korxonalarida ishlab chiqariladigan qo’shimcha mahsulot; chorva mollari uchun to’yimli ozuqa. Moyli ekinlar urug’i ekstraksiyasidan keyin maydalangan urug’dan organik eritmalar yordamida olinadi. Xomashyoga qarab soya shrot, raps shrot, xantal shroti, chigit shroti, kanakunjut shroti va boshqalarga ajratiladi. Shrot proteinga boy ozuqa. 100 kg kungaboqar shrotida 100 ozuqa birligi va 37,6 kg ga yaqin hazm bo’ladigan protein; 100 kg nasha shrotida 82 ozuqa birligi va 24,8 kg hazm bo’ladigan protein bor. Shrot tarkibi YE vitamin, V guruh vitaminlari va fosforga boy.

Leave a Reply