SHRYODINGER TENGLAMASI
SHRYODINGER TENGLAMASI – kvant mexanikaning asosiy tenglamasi. E. Shryodinger taklif qilgan (1926). Kvant mexanikada mikrozarra (elektron, proton, yadro, atom va boshqalar)ning holati to’lqin funktsiya yoki ksifunktsiya (\\/) bilan tavsiflanadi. Shryodinger Tenglamasi oldindan ma’lum bo’lgan mu- nosabatlardan nazariy keltirib chiqarilmaydi, balki uni boshlang’ich asosiy faraz deb hisoblab, uning to’g’riligini undan kelib chiqadigan natijalarning tajriba ma’lumotlariga juda aniq mos tushishi bilan isbotlanadi.