Shryodinger (Zsgosipyoeg) Ervin

Shryodinger (Zsgosipyoeg) Ervin (1887.12.8 Vena 1961.4.1) avstraliyalik fizik, kvant mexanika asoschilaridan biri. Vena universitetini tugatgan (1910). Vena va Yen universitetlarida ishlagan. Shtuttgart Oliy texnika maktabi va Breslau (1920— 21), Syurix (192127), Berlin (1927-33), Oksford (1933-36), Gras (1936-38) universitetlari professor. Dublin oliy tadqiqot instituti direktori (1941-55), Vena universiteti professor (1956 yildan). Asosiy ilmiy ishlari statistik fizika, kvant nazariya, kvant mexanika, umumiy nisbiylik nazariyasi va biofizikaga oid. To’lqin mexanikani ishlab chiqqan (1926). Norelyativistik kvant mexanikaning asosiy tenglamasi (Shryodinger tenglamasi)ni topgan. Shryodinger to’lqin mexanika bilan V. Geyzenberg, M. Born va P. Yordanning “matrisaviy mexanikasi” orasida bog’lanish borligini aniqladi va ularning fizik ayniyligini isbot qildi. Nobel mukofoti laureati (1933; P. Dirak bilan hamkorlikda).