Shtaudinger German
Shtaudinger German (1881.23.3, Vormse — 1965.8.9, Freyburg) — nemis kimyogari. Galledagi untda falsafa Doktori (1903). Strasburg universitetida ishlagan (190307). Karlsrue (190812) va Syurix (1912-26)dagi Oliy texnika maktabi professor. Freyburgdagi yuqori molekulyar birikmalar instituti direktori (1940-51), faxriy direktori (1951 yildan). Asosiy ilmiy ishlari polimerlar kimyosiga oid. Ketenlarning birinchi vakili — difenilketenni sintez qilgan (1905). Diazoniy birikmalari asosida episulfonlar olish reaktsiyasini kashf etgan (1916). Moychechak gulidan piretrinni ajratib olgan (1924), polivinil spirt olgan (1926). Makromolekulalarning zanjirli tuzilish nazariyasini ishlab chiqqan (1922). Uch o’lchamli polimerlanish reaktsiyasini ochgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1953).