Shudring nuqtasi
Shudring nuqtasi – ma’lum bosim va namlikda havo sovib, unda to’yingan suv bug’lari hosil bo’lishi uchun zarur temperatura. Havo namligining asosiy tavsiflaridan biri. U bilan havo namligining qiymatlari aniqlanadi. Nisbiy namlik 100% dan kam bo’lganda Shudring nuqtasi har doim havo trasidan pastroq bo’ladi. Temperatura Shudring nuqtasiga kelishi uchun havo sovishi zarur. Havo to’yinganda, ya’ni namlik 100% bo’lganda Shudring nuqtasi havo trasiga tenglashadi. Masalan, havo temperaturasi 15° da: nisbiy namlik 100, 80, 60, 40% bo’lishi uchun Shudring nuqtasi 15,0, 11,6, 7,3, 1,5° ga teng bo’lishi kerak.