Shukurov Abdug’ofir
Shukurov Abdug’ofir (1918, Qashqadaryo viloyati kitob shahri) — sehrli ertaklar ijrochisi. 2-jahon urushi qatnashchisi. Shukurov ertak aytishni, o’z repertuaridagi 50 dan ortiq ertak, nakd va afsonalarni momosi — tansiq momo Rahmatillo qizi va onasi — Saodat Ibrohim qizidan o’rgangan. “Rustamzod va Sherzod”, “Doro podsho va Iskandarbek”, “kulsa — gul, yig’lasa — dur”, “qora mushkul ot”, “Shamshirboz” va boshqalar Shukurov ijro etgan ertaklar Z.Husainova va B.Sarimsoqovlar tomonidan alohida kitob holida (“kulsa — gul, yig’lasa — dur”, 1983) nashr etilgan.