Shukurov Nuriddin
Shukurov Nuriddin (1930.16.5, Samarqand tumani — 1995.5.6, Samarqand) — adabiyotshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977), Filologiya fanlari Doktori (1974), professor (1976). Samarqand universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1950). SamDU o’zbek adabiyoti kafedrasida o’qituvchi, dotsent (1953-68), professpr (1976 yildan). Shu universitetning o’zbek va tojik Filologiya fakulteda dekan (1987-93), kafedra mudiri (198493), prorektor (197884). Viloyat gazetasiga (hozirgi “Zarafshon”) muharrirlik ham qilgan (1968-73), O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limini boshqargan (1990— 94). Shukurovning asosiy ilmiy ishlarida zamonaviy va mumtoz o’zbek adabiyoti muammolari, xususan, adabiyotdagi mazmun va shakl masalalari, she’riyatning uslub, janr, syujet, kompozitsiya, til, vazn, qofiya singari badiiy mahoratga daxldor tomonlari tadqiq etilgan. Asarlarida she’riyat va uning muammolari, bir nechta taniqli o’zbek shoirlari ijodi g’oyaviybadiiy jihatdan tahlil qilingan. As: G’afur G’ulomning lirik poeziyadagi mahorati, T., 1966; uslub va janrlar, T., 1973; bu olam sahnida…, T., 1982; So’z sehri, she’r mehri, T, 1992.