Shuls Viktor Lvovich
Shuls Viktor Lvovich (1908.15.8, Samara shahri — 1976.7.5, Toshkent) — gidrolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1958). Geografiya fanlari Doktori (1948), professor (1949). O’zbekiston geografiya jamiyatining prezidenti (1959-72). Samarqanddagi O’zbekiston paxtachilik institutini tugatgan (1932). 1933-38 yillarda Toshkent Gidrometeorologiya xizmati gidrologiya bo’limining ilmiy rahbari, 1937 yildan O’rta Osiyo universitetida dotsent. Quruqlik gidrografiyasi kafedrasi mudiri (1949-72), professor konsultanti (1973-76). Ilmiy ishlari O’rta Osiyo va Qozog’istonda tog’ gidrologiyasini o’rganishga bag’ishlangan. As: O’rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969 (R.R.Mashrapov bilan birga); reki Sredney Azii, ch. 12, L., 1965.