Shurf

Shurf (nemischa) — yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lgan vertikal, ba’zan qiya kon inshooti, chuqurligi 25 metrgacha bo’ladi. Yer yuzasidan foydali qazilmalarni izlash va razvedka qilish hamda muhandislik geologiyasi va gidrogeologik tadqiqotlar qilish maqsadida o’tkaziladi. Foydali qazilmalarni qidirish, suvni chiqarib tashlash, shamollatish, materiallarni yuqoriga chiqarish, odamlarni pastga tushirib chiqarish maqsadlarida foydalaniladi. Mustahkam bo’lmagan tog’jinslaridan o’tadigan Shurflar mustahkamlanadi, chuqurligi 10 metrdan ortiqlari shamollatiladi. Shurflar kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak, yumaloq shakllarda bo’ladi.