Shvinger Yulius

Shvinger Yulius (Julius) (1918.12.2, Nyu-York 1994) — amerikalik fizik. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1949 yildan), Amerika fan va san’at akademiyasining a’zosi. Kolumbiya universitetida (1939), Berkli, Kembrij, Chikago va Boston untlarida ishlagan. Garvardunt professor (1947-72). Los-Anjeles universiteti professor (1972 yildan). Amaliy ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, yadro kuchlari nazariyasi, sochilish va nurlanish nazariyasiga oid. Kovariant ko’rinishdagi kvant elektrodinamikasini birinchi bo’lib bayon qilgan. Sochilish nazariyasi uchun variasion usulni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1965; R.F.Feynman va S. Tomonaga bilan hamkorlikda).