SIAMLAR

SIAMLAR (kxontay) — Tai guruhiga mansub xalq. Tailandning asosiy aholisi (29,5 million kishi). Umumiy soni 29,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Siam tilida so’zlashadi. Dindorlari — buddaviylar. Siamlar sholikorlik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi. Kemasozlik azaldan rivojlangan.