SIBORGIY
SIBORGIY — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub sun’iy radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 106. Barqaror izotoplari yo’q, massa soni 259-261, 263, 265, 266 ga teng bo’lgan 6 ta izotopi ma’lum. Eng uzoq mavjud bo’luvchi nuklidi 2655§ (T,,2=21 sek, a-nurlanuvchi). Oksidlanish darajasi +4 va +6; baholangan ma’lumotlarga ko’ra 5§4+ ionning radiusi 0.086 nm. Og’irlik miqdorida olinmagan, uning xossalari o’rganilmagan. Kimyoviy xossalariga ko’ra (nazariy hisoblar) Siborgiy XV va mo ning analogi bo’lishi kerak. 5§°/5§4~ ning standart elektrod potentsiali 0,6 V (hisob-kitoblarga ko’ra). Siborgiy izotoplari R, SG’yoki st ni 54sg, ‘yu yoki 22№ ionlari bilan tsiklotronda nurlantirish (bombardirovka qilish) yo’li bilan sintez qilinadi. Ilk bor S (2635yo)ni 1974 yilda amerikalik fizik va radiokimyogar G. Siborg o’z xodimlari bilan birgalikda sintez qilgan. Deyarli bir vaqtda rus fizigi va kimyogari G.N.Flyorov xodimlari bilan birgalikda 207R va 2(18R nishonlarini 54sg ning tezkor ionlari bilan nurlantirib olgan. 1997 yilda elementni IYUPAK siborgiy (G.Siborg sharafiga) deb tasdiqladi.