SICHANQUY
SICHANQUY — Qashqadaryo viloyatining g’arbidagi ko’l. Isoqbobo tog’idan (354 metr) 20 kilometr Janubi sharqda, barxanlar orasidagi botikda, sho’rxok tuproqlar orasida 208 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 2,54 kilometr kvadrat. Asosan, grunt va yer osti suvlaridan to’yinadi. Suvi nordonsho’r, xloridkaltsiyli.