Sietl
Sietl — AQShning shim.g’arbiy qismidagi shahar. Vashington shtatida. Aholisi 563,4 ming kishi (2000). Tinch okeanning PyujetSaund qo’ltig’idagi port. Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSh shim.g’arbining yirik sa- noat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazi. AQShning aviasiya va raketa- kosmik sanoatining yirik markazlari- dan (yo’lovchi tashuvchi avialaynerlar, harbiytransport samolyotlari, balli- stik raketalar ishlab chiqaruvchi “bo- ing” firmasining boshqarmasi, i.t. laboratoriyalari va z-dlari). Kemasoz- lik, radioelektronika, priborsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari rivoj- langan. Neft sanoati uchun jihozlar, yo’l qurilish mashinalari, t.y. vagonla- ri ishlab chiqariladi. Qora Metallur- giya, neftni qayta ishlash, yog’ochsozlik, qog’oz, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, 2 ta un-t bor. Baliq ovla- nadi. Shaharga 1851 y.da asos solingan. 1973 y.da Toshkent va Sietl sh.larining birodarlashuvi to’g’risida qaror qabul qilingan.