Sifon
Sifon (Yun. siphon — naycha, na- SOS)— 1) suyuklikni bir idishdan sathi pastrok ikkinchi idishga quyish uchun ishlatiladigan qurilma. Turli uzun- likdagi tirsaklari bo’lgan bukik nay. Nayning yuqori kesimi ustki idishdagi suyuklik sathidan yuqori turadi (rasm- ga k,.). S. ishlashi uchun nayga suyuklik to’ldirish va uchlarini shunday suyuklik to’ldirilgan turli balandlikdagi idish- larga botirish kerak. S. turli gidravlik qurilmalarda ishlatiladi; 2) naychasi- ning uchi tubigacha etadigan jo’mrakli idish. Bosim ostidagi turli ko’piruvchi ichimliklarni gazlash, saklash, tashish va bir idishdan ikkinchisiga quyish uchun ishlatiladi; 3) suv ombori, kanal va b.dan ortiqcha suvni chiqarib yuborish uchun ishlatiladigan avtomatik asbob.