Sifonoforalar

Sifonoforalar (Siphonofora) Gidrozoylar sinfiga mansub bo’shliqichlilar kenja sinfi. Kolo- niya bo’lib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Koloniyasi umumiy poyada o’rnashgan Polipoid va meduzoid indi- vidlardan iborat. Ko’pchilik S. nael almashinmasdan ko’payadi. S. koloniyasi shakli o’zgargan meduzalar — nektofor- lar, oziklantiruvchi gastroozitlar, uzun paypaslagichlar — arqonchalar, jinsiy yunozoidlar, ximoya qiluvchi palpon- lardan iborat. Nektoforlar qisqarib, koloniyani harakatga keltiradi. Gastro- zoidlar oziqni hazm qiladi. Arqonchalar oziqni tutish va hazm qilish, gonozo- idlar jinsiy ko’payish vazifasini ba- jaradi. Koloniya tepasida joylashgan suzuvchi pufak — pnevmatoforga maxsus bezlardan gaz ajralib chiqadi. Pnev- matofor koloniyani tik ushlab turadi. Jinsiy ko’payadi; kurtaklanib koloniya hosil qiladi. 170 ga yaqin turi bor. Barcha okean va ochiq dengizlarda, suv yuzasidan boshlab 5000 m chuqurlikkacha yashaydi.