SIG’INISH
SIG’INISH — 1) ilohiy kuchga ega deb qisoblangan narsalarga, haqiqiy yoki xayoliy mavjudotlarga sajda qilish. Har qanday dinning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ibodat, tiz cho’kish, duo o’qish, iltijo qilish, cho’qinish, sajda qilish kabi xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Turli diniy marosimlarni bajarish ham Sig’inishning ko’rinishidir; 2) biron narsa yoki odamni haddan tashqari ulug’lash (shaxsga Sig’inish).