Sikhlar qo’zg’oloni

Sikhlar qo’zg’oloni – Panjob (Hindiston)dagi dehqonlar va Shahar aholisining Boburiylar davyaatidatp amaldorlar va zamindorlar zulmi- ga qarshi kurashi (17-a. oxiri — 18-a. ning 1choragi). Panjobdagi og’ir ij- timoiy vaziyat, mulkdorlar tomonidan uni talontoroj etilishi natijasida iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi sabab bo’lgan. Dehqonlarning sikhlar jamo- asiga kelib qo’shilishi natijasida (q. Sikhizm) qo’zg’olonlar avj oldi. Pan- jobdagi xukmron doiralarga nisbatan adovatda bo’lgan sikhlar b-n bir necha marta harbiy to’qnashuvlar ro’y berdi va bu 1687 y.da uzoq davom etgan dehqonlar urushiga olib keldi. 1699 y. sikxlarning gurusi (ustozi) Govind Singh jamoani demokratik harbiy tashkilot (Xalsa)ga aylantirdi. 1705 y. Boburiylar qo’shini sikhlar ustidan g’alaba qozondi. Govind Singh o’ldirildi (1708), qo’zg’olonga rahbarlik qilishni dehqon banda o’z qo’liga oldi (1710). Bu vaqtga kelib sikhlar armiyasining soni 10 mingga etdi, u to’plar va o’q otar qurollar b-n qurollangan edi. Sharqiy Panjobning katta qismi qo’zg’olonchilar qo’l osti- ga o’tdi. 1710 y. 5 dek.da Bahodirshoh I qo’shini banda ustidan g’alaba qozondi. Lekin, qo’zg’olon tog’li r-nlarda yana 5 y.gacha davom etdi. Bandaning qatl etili- shi b-n ham qo’zg’olon to’xtamadi. 18-a.ning 30-40 y.larida sikhlar Panjobda hukmron kuch bo’lib qoldi. 1765 y. ular mustaqil davlat tuzdilar. 1849 y.da esa bu davlatni inglizlar bo- sib olgan.