SILLABIK SHE’R TIZIMI
SILLABIK SHE’R TIZIMI (Yun. syllabikos — bo’g’inli) — har satrda bo’g’inlar soni teng bo’lishiga asoslan- gan she’r tizimi. S.sh.t., asosan, turg’un urg’uli tillar — frantsuz, nemis, polyak tillari va b.ga xos. Turkiy tillarning deyarli hammasida urg’u, asosan, turg’un — so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi (mas, kitbb — kitobda — kitobdagy kabi). S.sh.t.da she’riy ohang har misrada bo’g’inlarning baravar joylashishidan tashkil topadi. Demak, S.sh.t. o’zbek she’- riyatiga xos bo’lgan asosiy she’riy ti- zimdir. Uni barmoq vazni deb ham atasha- Di. Albatta, she’rda ohang yaratish uchun bo’g’inlarning bir miqdorda bo’lishi etarli emas, ular har misrada muayyan tartibda joylashishi ham kerak. S.sh.t.da ohang yaratishning asosiy omili sifa- tida turok, (tsezura) katta ahamiyatga ega. Mas, sog’indim, h ul Shodmon HH tuyg’ular bilan, — ko’ksimga h tirmashib HH usadi bir gul… Har 2 misrada ham dastlabki 5 bo’g’in b-n keyingi 5 bo’g’in orasida pauza (bosh turoq) bor. Dastlabki 6 bo’g’in ham o’z ichida 3 bo’g’inli 2 guruhga ajraladi — ular o’rtasida ham qisqa pauza — turoq bor. Bo’g’inlarning soni va joylashish tartibi she’r oxirigacha o’zgarmaydi, ya’ni S.sh.t.da turoqning o’rni doimiy bo’ladi. S.sh.t.da bo’g’inlarni tarti- Blash yoki turoklarni joylashtirish imkoniyatlari g’oyat keng, bu esa bir xil miqdordagi, mas, 11 bo’g’inli vaznda har xil ohanglar yaratishga yordam beradi. S.sh.t.ga asoslangan o’zbek she’riyati- da 5 bo’g’inlidan 16 bo’g’inligacha bo’lgan vaznlar tizimlari mavjud. M. Shayxzo- da “Toshkentnoma” dostonida bularning hammasidan foydalangan. S.sh.t. ba’zan ko’chma urg’uga ega bo’lgan tillarda ham uchrashi mumkin. Mas, 17-a.da rus she’ri- yatida S.sh.t.ga amal qilingan. Biroq bu tizim rus tilining grammatik xususi- yatlariga mos kelmagani uchun 18-a.ning 30y.laridan boshlab uning o’rnini sil- labiktonik she’r tizimi egallay boshla- gan (yana q. Barmoq vazni).