Sillanpya (Sillanpaa) Frans Emil

Sillanpya (Sillanpaa) Frans Emil (taxallusi — E. Syuvyari, Sarvi) (1888.16.9, Xyamenkyuryo 1964.3.6, Xel- sinki) — fin yozuvchisi. 1romani — “Quyosh va hayot” (1916). “Adolatli kam- bagallik” (1919) romani Finlyandiyadagi fuqarolar urushi fojialari mavzuida. Asarda muallif fin yozuvchilaridan bi- rinchi bo’lib, “qizillar” va “oqlar” o’rtasidagi qurolli kurashningdahshatli ekanini xolis tasvirlagan. Roman mam- lakatning inqirozdan chiqib olishi uchun birinchi turtki bo’lib, finlarning ruhiy jarohatdan davo topishlariga yor- dam bergan, shu sababli 1920 y.dan Fin- lyandiya hukumati S.ga umrbod stipendiya ta’sis etgan. “Yoshlikda vafot etgan” (1931) romani mashhur. “Yoz tunidagi odamlar” (1934) S.ning eng yaxshi asari bo’lib, uning kompozisiyasi yoyilib ket- gani va o’ta hissiyot b-n yozilgani uchun dostonga o’xshab ketadi. “Avgust” (1941), “Inson hayotining go’zalligi va azobla- ri” (1945) asarlari ham bor. Nobel mu- kofoti laureati (1939).