Sillimanit

Sillimanit [amerikalik olim B. Silliman (V. Silliman; 1779-1864) nomidan] — silikatlar sinfiga mansub mineral. Yuqori darajada metamorfi- klashgan loysimon tog’jinslarida uch- raydi hamda metamorfizm jarayonining sillimanitli zonasini belgilaydi. Kimyoviy tarkibi Al2Si05 bo’lib, Kia- nit va andaluzitlarning yuqori trail polimorf turidir. Romb singoniyali kristallari ignasimon bo’lib, tolato- la agregatlar holida uchraydi. Rangi kulrang, och qo’ng’ir, och yashil, shishadek yaltiroq. Tolasimon agregatlari rang- siz va tovlanuvchi; qattikligi 6,5 -7,5; zichligi 3,27 g/sm3. Yuqori (1545°ga yaqin) trada mullit va kremniy (II) oksid (SiO2)ra parchalanadi. Alyuminiy oksid (A12O3) li xom ashyo bo’lib, o’tga va kislo- talarga chidamli chinni buyumlar, maxsus izolyatorlar, po’lat quyish uchun tigel va b. asboblar tayyorlashda ishlatila- Di. S. O’zbekistonning g’arbiy va Jan. qismlarida juda keng tarqalgan bo’lib, metamorfik slaneslar b-n birgalikda uchraydi. Chatqol — Qurama mintaqasida nisbatan kam tarqalgan. Hindistonda S.ning yirik konlari ma’lum.