Silsila
Silsila (Arab. — zanjir) — ayollar taqinchog’i; yuzni o’rab turadigan peshona, chakka va iyak qismlaridan ibo- rat zargarlik buyumi. Peshona qismi quyi qismiga yaproqcha (sharcha)li kalta zanjirlar osilgan 2-3 qatorli mayda hallangan kumush turunjlarning to’r hosil qilib o’zaro birikkan zanjirla- ridan tuzilgan; chakka qismi uzun zan- jirlarga biriktirilgan yaproqcha (yoki uchburchak tumor)lardan, iyak qismi ham bir necha shunday qatorlardan tuzilgan. S.ning chakka qismi iyak osti shokilalari b-n birga bosh kiyimga taqilgan.