Sim

Sim – ko’ndalang kesimi kichik o’lchamga va doirasimon shaklga ega bo’lgan katta uzunlikdagi metall buyum (yarim fabrikat). Simlar, asosan, dastgohda prokatlash va cho’zish usulida tayyorlanadi; kalavalangan va prutok shaklida chiqariladi. Qalinligi 5 millimetr bo’lgan katanka sovuq holatda cho’zish yo’li bilan 10 dan 5 mkm.gacha qalinlikdagi simlarni olish uchun asosiy material sifatida xizmat qiladi. Masalan: kiritish simi, egiluvchan sim, ochiq sim, qoplamali sim, tutash tarmoq simi, ta’minlash simi, elektr simi va hokazolar.