Simon (Simon) Klod
Simon (Simon) Klod (1913.10.10, Madagaskar oroli Antananarivu sh.) — frantsuz yozuvchisi. Frantsuz roman- chiligiga estetik jihatdan yangicha ruh olib kirgan adiblardan sanaladi. Zobit bo’lgan. 2-jahon urushida asirga tush- gan, u erdan qochib, qarshilik ko’rsatish harakatiga qo’shilgan. Birinchi romani — “Muttaham” (1945). Keyingi romanla- ri (“tarang ip”, 1947; “Gulliver”, 1952; “Mansabga ko’tarish”, 1954; “shamol”, 1957) avtobiografik motivlarda yozil- gan. S urush yillarida frantsuz rassomi Raul Dyufi b-n tanishib, umri davomida uning nasihatlariga amal qilgan. Asar- larini ham rassomlarning “kollaj” usulida yozib, yozuvchi o’zi uchun kitobni “kartina sifatida yozish lozim, holbuki, har bir kartina — eng avvalo kompozi- tsiya”, degan qoida kashf qilgan. “Farsal- dagi jang” (1969) romani munaqqidlar tomonidan “yangicha roman” deb qabul qilingan. “Triptix” (1973) romani ochiq shahvoniy yo’nalishda yozilgan. “Buyumlar sabog’i” (1975) romanining tili murak- kab bo’lib, S tajriba kompozisiyasidan foydalangan. S.ning “Muqaddas bahor” (1954), “Maysa” (1958), “Flandriya yo’llari” (1960), “mehmonxona” (1962), “Tarix” (1967), “ibratli dars” (1976), “Georgiklar” (1981) kabi romanlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1985).