Simonov Konstantin (Kirill) Mixaylovich

Simonov Konstantin (Kirill) Mixaylovich [1915.15(28).11, Peterburg — 1979.28.8, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1974). M. Gorkiy nomidagi adabiyot in-tini tugatgan (1938). SSSR yozuvchi- lar uyushmasi bosh kotibi o’rinbosari (1946-54), kotibi (1954-59; 1967-79), “Noviy Mir” (“yangi dunyo”) jur. (1946 — 50; 1954-58) va “Literaturnaya gaze- ta”, 1938; 195054) ning bosh muharriri. 2-jahon urushiga qadar N. Ostrovskiy- ga bag’ishlangan “g’olib” (1937), “Pavel Chyorniy”, “muz ustidagi jang” (1938), “Suvorov” (1939) dostonlari, “chin in- sonlar” (1938), “yo’lda yozilgan she’rlar” (1939) she’riy to’plamlari nashr etilgan. 1939 y.dan urush mavzusi S. ijodining ustuvor yo’nalishiga aylangan (“bir sev- gi tarixi”, 1940; “shahrimizdan chiqqan yigit”, 1941, pesalar). Urush mavzusi, ayniqsa, lirikasida katta mahorat b-n aks ettirilgan (“lirik kundalik”; “Sen b-n va sensiz”; “Front she’rlari”, 1942, to’plamlari). S, lirik she’rlardan tash- kari, “rus kishilari” (1942) va “Shun- Day bo’lajak” (1944) pesalari, “kun- lar va tunlar” (1944) qissasini yozgan. Urushdan keyingi yillarda xalqaro mu- nosabatlarning keskinlashishi S.ning “Praga kashtanlari tagida”, “rus masa- lasi” (1946) pesalari hamda “do’stlar va dushmanlar” (1948) she’rlar kitobida o’z ifodasini topgan. S. nazdida urush nafakat kishilar- ning insoniy fazilatlari, ruhiy kuchi va irodasi uchun, balki davlat va siyo- siy tuzum uchun ham dahshatli bir sinov bo’ldi. Ammo, agar davlat ham, siyosiy tu- zum ham tug’ilish va o’lishga mahkum etil- gan ekan, er yuzidagi birdanbir abadiy qadriyat i neon bo’lib qoladi. S. ana shu aqidadan kelib chiqib, umrining so’nggi nafasiga qadar urush va inson mavzusiga sodiq qoldi hamda “quroldosh do’stlar” (1952), “tiriklar va o’liklar” (1959), “Soldat bo’lib tug’ilmaydilar” (1964) va “so’nggi yoz” (1971) romantrilogiyasi- ni yaratdi. S, shuningdek, “begona soya” (1949), “to’rtinchi” (1961, p’esa], “Vatan uzra dud” (1947), “Lopatinning yozishma- laridan” (1957), “urushdan keyingi Yi- girma kun” (1972), “biz sen b-n uchrash- maymiz”, “shaxsiy hayot, degin” (1978) va b. ko’plab qissa, ocherk, publisistik maqolalar to’plamlari muallifi. Uning asarlari asosida filmlar suratga olingan. S. urush qatnashchilarining xo- tiralaridan iborat 2-jahon urushining kup seriyali kinoyilnomasini yaratgan. 1958-61 ylarda Toshkentda yashagan. Oy- bek, Abdulla Qahxrr va b. o’zbek yozuvchi- larining asarlarini rus tiliga tarji- ma qilgan, Mirzacho’l haqidagi hujjatli film stsenariysini yozgan. S.ning ko’pgina asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: kunlar va tunlar, T., 1948; tan- langan she’rlar, T., 1960; soldat bo’lib tug’ilmaydilar. T., 1971. Ad.: Fink L., Konstantin Simonov, M., 1983.