Sind daryosi bo’yidagi jang
Sind daryosi bo’yidagi jang — Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasidagi jang (1221 y. 24-26 noyab.). Parvon Jan- gida mag’lub bo’lgan mo’g’ullar Chingiz- xon boshchiligida ulkan lashkar to’plab Jaloliddinga qarshi otlangan. Son jihatdan mo’g’ullar bir necha barobar ziyod bo’lgan, shu tufayli xorazmliklar Sind (Hind) daryosi tomon chekinishgan. Jaloliddin Parvonda avval uni tark etgan Sayfuddin Ig’roq, A’zam Malik va Muzaffar Malik kabi amirlar b-n birlashib, Chingizxonga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Ammo, o’ylangan rejaning amalga oshishiga yov imkon bermaydi. Ildam etib kelgan Chingiz- xon Jaloliddinning O’rxon boshliq ug’ruqiga hujum qilib, uni yakson etadi. Dushmanning lashkari b-n Sind daryosi orasida qolgan Jaloliddinning jangga kirishdan uzga chorasi qolmaydi. S.D.b.j. 1221 y.ning 24 noyab. erta saharda bosh- lanadi va 3 kun davom etadi. Dastlabki kun Jaloliddin xos askarlari b-n yov- ning Chingizxon joylashgan markaziga shiddatli hujum uyushtiradi va uni 2 bo’lakka ajratib yuboradi. Ammo, 10 ming kishilik mo’g’ullar pistirmasi uning yo’lini to’sadi. Bu pistirma ja- loliddinning qaynotasi Amin ulMulk qo’mondonligidagi o’ng qanotni tormor etadi, qolganqutganlarini esa Jalolid- din zo’r shijoat b-n jang olib borayotgan markazgacha quvib boradi. Xorazmliklar- ning so’l qanoti mo’g’ullarga bardosh be- rolmay engiladi. Og’ir ahvolda qolgan Jaloliddin 700 ga yaqin otliq askarla- ri b-n mardlarcha qarshilik ko’rsatadi. Chingizxon uni tiriklayin qo’lga olish- ni buyuradi. Dushman sultonni qurshovga oladi, ular o’z niyatlariga etay deb tur- ganda Jaloliddinning tog’avachchasi va xos amirlaridan bo’lgan Axos Malik uni xdlqa ichidan olib chiqishga erishadi. Jang vaqtida sultonning go’dak o’g’li yov qo’liga asir tushadi. Chingizxon uni qatl etishga hukm qiladi. Janggoxdan chiqqan Jaloliddin qarindoshurug’lari b-n VI- dolashadi va ularni Sindga g’arq qilishga ijozat beradi, so’ngra qayta hujumga tashlanadi, noiloj ahvolda qolgach, 10 gaz bal.dan oti b-n daryoga sakraydi. Da- Ryoning narigi qirg’og’iga sog’salomat o’tib olgan sultonning bu qahramonligini ko’rgan Chingizxon Jaloliddinni ta’qib etishni man qiladi va o’z a’yonlari hamda farzandlariga qarata shunday deydi: “Otaga shunday o’g’il zarurki, u ikki gir- dob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!”(Mirzo Ulug’bek, To’rt ulus tarixi, T., 1994). Jaloliddin Sinddan suzib o’tishga muvaffaq bo’lgan 4 mingga yaqin askarlari b-n birlashadi va Hindistonning shim. hududlari to- mon yo’l oladi. Ad.: Shixabaddin Muxammad an- Nasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal addina Mankburni. [Perevod s Arabsko- go, predislovie, kommentarii, primecha- niya i ukazateli 3. M. Buniyatova], Baku, 1972. Hamidulla Dadaboev.