SINDLAR

SINDLAR — Taman yarim oroli va qora dengizning shimoliy Sharqiy sohilida yashagan meot qabilasi (miloddan avvalgi 1-ming yillik). Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda Sindika davlatini tuzishgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan Bospor podsholigi tarkibida. Milodning boshida sarmatlar bilan aralashib ketishgan. Sindlar dehqonchilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shug’ullangan.