Sindrom

Sindrom (Yun. syndrome — yig’ilish, birga kechish) — yagona PATOGE- nez b-n bog’liq kasallik belgilarining birgalikda yuzaga chiqishi. Kelib chiqish sabablari bir necha xil bo’lgani uchun ka- sallikning nozologik (muayyan sababli, bir xil patogenezli va h.k.) shakllari- dan farq qiladi, mas, meningeal S. (miya pardalari yallig’lanishi) miyada qon ayla- nishining buzilishi va meningokokk in- fektsiyasi oqibatida ro’y beradi: uremiya sindromi ko’pgina buyrak kasalliklari- ning oxirgi bosqichidir va h.k. Tibbi- yotning rivojlanishi, eng avvalo, kasal- likning etiologik omillari aniklani- shi b-n S. diagnostikasi va patogenetik terapiya usuliga nisbatan nozologik yo’l b-n kasallikni aniklash va uning o’ziga xos sabablari asosida dag’yulash ko’proq qo’llaniladigan bo’ldi.