Sinf, o’quv sinfi

Sinf, o’quv sinfi-1) o’quv yili davomida yagona o’quv dasturi bo’yicha shug’ullanuvchi o’quvchilar jamoasi; 2) badiiy o’quv yurtlarida o’quvchilarning biror o’quv predmeti bo’yicha ixtisoslashtirilgan guruhi (masalan, kompozitsiya sinfi); 3) maktabda o’quvchilar shug’ullanadigan xona; 4) maxsus jihozlangan, muayyan sanitariya-gigiyena talalariga (yoritilishi, maydoni va boshqalarga ko’ra) javob beradigan o’quv xonasi.