Sinichenko Valentin Emmanuilovich

Sinichenko Valentin Emmanuilovich (1914.15.2, Odessa 1976.29.6, Toshkent) — kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1965). Odessa rassomlik in-tining tasviriy san’at studiyasini tugatgan (1937). 1941 y.dan Toshkent- da. Toshkent kinostudiyasi (1958 y.dan “O’zbekfilm”)da rassom, postanovkachi- rassom, bosh rassom (1964-76). S.ning dastlabki mustaqil ishi — “qutlug’ qon” filmi (1956). Kino i.ch. texnika- sini mukammal egallagan S. zamon, davr ruhini hamda voqeahodisalarning ta’- sirchanligini oshirish, rej. Maqsadini kadrda aniq ifoda etish, hayotiy muhitni ko’lamli, ishonarli tuzish imkoniga ega bo’lgan: “Furqat” (1959), “samolyotlar kuna olmadi” (1963), “fidoyi” (1966), “Ikki dil dostoni” (1966), “General Rahimov” (1968), “falokat oyoq osti- da” (1971), “ikki soldat xaqida qissa” (1976) va b. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).