Sinkler (Sinclair) Epton bil
Sinkler (Sinclair) Epton bil (1878.20.9, Merilend shtati Baltimor sh. — 1968.26.11, Braundbruk) — Ameri- Kalik yozuvchi. Kolumbiya un-tida o’qigan. Ilk romani — “Shoh Midas” (1901). “Bahor va pishiqchilik” (1901) romani, “Artur Stirlingning kundaligi” va “Shahzoda Xagen” pesasi (1903)da ba- landparvoz patetika mavjud bo’lishiga qaramay, ulardagi ijtimoiytanqidiy ohanglar keyinchalik S. ijodida etak- chilik qilgan. S.ning “Jungli” (1906) romani yozuvchi ijodida etuklik davri boshlanganidan darak beradi. S. 20-a. boshlarida ijtimoiy mavzudagi “poy- taxt” va “sarroflar” (1908) romanla- ridan tashqari, “Sevgi sinovi” (1911), “Silviya” (1913), “Silviyaning tur- mushga chiqishi” (1914) singari oila va muxabbat mavzuida ham asarlar yozgan. Rossiyadagi 1917 y. inqilobi ta’sirida S. “Jimmi Xiggins” (1919) romanini yozib, unda interventsiya yillarida Ame- Rika qo’shinlari orasida Sovet davlati foydasiga targ’ibot ishlarini olib bor- gan proletar, “neft” (1927) romanida esa amerikalik fashistlar qo’lida halok bo’lgan kommunist obrazlarini yarat- gan. S.ning bolshevizmga xayrixoxlik ruhi b-n sug’orilgan va amerikacha hayot tarzini fosh etuvchi [“Boston”, 1928; “Matlubot”, 1936; “No pasapan!”(“Ular o’tmaydi!”, 1937); “avtomobil qiroli”, 1938 va b.] asarlari sovet davrida Ame- Rikadagi tanqidiy realizm adabiyo- tiga qo’shilgan ulkan hissa sifatida baholanib kelingan.