Sinklinal

Sinklinal (Yun. synklino — egilaman), sinklinal burma — cho’kindi va vulkanogencho’kindi katlamlarning botiq burmali strukturasi; egilgan qatlamlarning qabariq tomoni pastga qaragan bo’ladi. S. strukturalar tog’hosil bo’lish jarayonida tektonik harakatlar na- tijasida tok jinslari qatlamlarining burmalanishidan hosil bo’ladi. S. yadro- si (markazi), asosan yosh qatlamlardan iborat. Strukturaning qaramaqarshi qanotlaridagi qatlamlarning yotishi S. markaziga yo’nalgan bo’ladi. S.ning botiqlik darajasi mazkur struktura- ni to’ldirib turuvchi tog’jinslari kat- lamlarining qalinligiga muvofiqdir. Ko’pgina qazilma boyliklar S. b-n bo- Glik. Qavariq tomoni pastga qaragan S. burmalar antiklinallar b-n almashinib keladi.