SIRANUSH

SIRANUSH — kechpishar xo’raki uzum navi. Armaniston uzumchilik, VI- nochilik va mevachilik i.t. institutida Kattaqo’rg’on va pushti kishmish navlari- ni chatishtirib chikerilgan (E. A. Erge- Syan). Tupi kuchli o’sadi, barglari o’rtacha, yumaloq, 5 bo’lmali, sel kertikli, ters tomoni silliq. Guli 2 jinsli. Uzumi avg.— sent.da pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, o’rtacha tig’iz. G’ujumi o’rtacha yoki yirik, yumaloq, oqsariq, urug’siz, g’ubor b-n qoplangan. Po’sti yupqa. Eti go’shtdor, sersuv. Tarkibida 20-22% qand bor. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3450° bo’lganda — 150-165 kunda pishadi. Hosildorligi 150-180 ts/ga. Yangiligida iste’mol qilinadi, mayiz tayyorlanadi.