Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi

Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi — O’rta Osiyodagi yirik energetika inshooti. Yangier sh.dan 30 km sharkda, O’zbekiston va Tojikiston chegarasidagi Shirin sh.da kurilgan. Stya kurilishi 1966 y.da boshlangan. Quvvati 300 MVt bo’lgan birinchi energoblok 1972 y.da, oxirgisi — 10energoblok 1981 y.da ishga tushirilgan. Taganrog qozon z-dida tayyorlangan bug’qozonlari o’rnatilgan, kondensasiya turbinalari Leningrad “Elektrosila” z-didan kel- tirilgan. Asosiy yoqilg’isi — Sho’rtan gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz, ehtiyot yoqilg’isi — mazut. Sirdaryoning Farhod gidrouzeli yuqori befidan boshlanadigan kanal orqali suv b-n ta’- minlanadi. Styada o’rnatilgan quvvatlar 3000 MVt bo’lib, st-ya “O’zbekenergiya” davla- taktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida- gi elektr stantsiyalar hosil qiladigan umumiy elektr energiyasining 33% ga yaqinini ishlab chiqaradi. 2003 y.da 15168 mln. kVtsoat elektr energiyasi ish- lab chiqardi. Quvvatlar 220 va 500 kv li elektr uzatish tarmoklari orqali Mar- kaziy Osiyo Birlashgan energetika si- stemasiga beriladi. Hozirgi davrda st-ya uskunajihozlarning ishonchli va tejam- kor ishlashini oshirish maqsadlarida rekonstruktsiya va texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.