Sirdaryo teatri
Sirdaryo teatri, olim Xo’jaev nomidagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri — o’zbek teatrlaridan biri. 1974 y. tashkil bo’lgan. Teatr “Muhabbat” (A. Qahhor) spektakli b-n o’z mavsumini boshlagan (1975). Rixsivoy Orifjo- Nov bosh rej., G’ofir Hamidullaev rej. etib tayinlanganlar. Truppa asosini teatr va rassomlik san’ati in-tini bitirganlar tashkil etdi. Teatr reper- tuarini belgilashda I. Radun, F. Sham- suddinov, P. Drozdov, R. Orifjonov, R. Hamroevlarning xizmati katta bo’ldi. O. Abdullaeva, Sh. Jumaev, A. Hayitova, 3. Eshmurodova, Sh. Rahmatullaeva, T. Qosimova, R. Hamdamov, M. Odilov va b. teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 1977 y. teatrga olim Xo’jaev nomi be- rildi. 1984 y. teatr jamoasi yangi bino- ga ko’chib o’tdi. Teatr binosi 730 o’rinli bo’lib, zamonaviy jihozlangan katta va kichik tomosha zallariga ega. 80y.lar- ning oxirlariga kelib jahon drama- turgiyasi b-n birgalikda o’zbek yozuvchi- larining ham asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi: “Richard III”, “Qirol Lir” (u Shekspir), “soxta oqsuyak” (J. Moler), “Chorbog’dagi hangomalar” (A. Chexov), “Hammom” (V. Mayakovskiy), “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi” (Hamza), “Layli va Majnun” (xur-shid), “30 yoshlilar” (M. Boboev), “Og’riq tishlar” (A. Qahhor), “ayollar faryodi” (J. Maxmudov) va b. Keyingi yillar millim san’atni barqarorlashtirish, tarixiy voqealar hamda urfodatlar, qishloq hayotini aks ettirish asosiy mavzu bo’lib xizmat qildi. “Ma’mura kampir” (Jan Sarron), “tentak FARISH- talar” (Sh. Boshbekov), “Amir Temur” (H. Jovid), “Taroslik yovuz” (A. Nesin), “To’y hangomalari” (Sh. Jumaev), “Mar- varid taqqan ayol” (K. Avaz), “Alisher Navoiy” (I. Sulton, uyg’un), “chet ellik kuyov” (A. Papayan), “ming bir kecha” (I. Tursunov), “Mehribonlar” (A. Jamol), “Xotinimning uch oshig’i” (H. Xursan- dov), “Shum bola” (G’. G’ulom), “To’y” (Q. Muhammadrizo) kabi spektakllar b-n teatr o’z mavqeini mustahkamladi. A. Yusuvaliev, O. Abdullaeva, A. Hayitova, Sh. Jumaev, A. Abdullaev, R. Karimov, 3. Eshmurodova, R. Yunusova, N. O’rinov, R. Pardaeva, I. Qosimov va b. teatrning etakchi ijodkorlaridir. Badiiy rahbari — Ravshan Rajabov, bosh rej. — Gulruh Najidova.