Sirhindiy Ahmad Foruq

Sirhindiy Ahmad Foruq (1564-1624) — Naqshbandiya shayxlari- dan. Hindistonda faoliyat ko’rsatgan Muhammad Boqibilloh (1563-1603) muridi. Avval o’z faoliyatida Ibn ala- Rabiy qarashlari (vahdati vujud nazari- yasi)ning tarafdori sifatida maydonga chiqadi, keyin Alouddavla Simnoniy (1261 — 1336) qarashlari ta’sirida Ibn alarabiyning ashaddiy muxolifi- ga aylanib, Vaxdatul shuhud nazariyasini ahli sunna mazhabiga muvofiklashti- rishga harakat qiladi. O’ning fikricha, vaxdati vujud nazariyasi shariat uchun xam, Naqshbandiya uchun ham xavflidir. Vahdati vujud asosini “barcha Udir” (“hama o’st”), degan qarash tashkil etadi, holbuki vahdatul shuhudsa “barcha undan- dir” (“hama az o’st”) degan qarash asos bo’lib hisoblanadi, shuning uchun vax- datul shuhud Islom shariatiga muvofiq keladi. S. o’z qarashlarini muridlari – ga yo’llagan maktublarida bayon etgan. U sufiylarning vajdu holga kirish vak- tida Allohga etishish (vasl) haqidagi fikrlarini xomxayol deb ataydi, Su- fiylik kamolotining bosh ko’rsatkichi bandalik (Abdiyat)ni teran anglashida- dir, deb hisoblaydi. S. Akbar shohning yagona “ilohiy din” yaratish borasidagi harakatlarini quvvatlamagan. Shu bois Akbar vafotidan keyingi Boburiy pod- sholar S. qarashlarini quvvatladilar. S. “imomi Rabboniy” (“Iloqiy Imom”) va “mujaddidi Alfi soniy” (“2ming yil- likning yangilovchisi”) unvonlariga ega. Uning maktublari muxlislari orasida keng tarqalgan. Najmiddin Komilov.